Til

Sevgi

Eşitdim, men borsam köngling ğaş emiş,

Eşitdim, men borsam köngling ğaş emiş,Turqimni körmoqni xuşlamasmişsan.Boşqalar bazmida köngling xuş emiş,Uzatsam, qölimni uşlamasmişsan.Boray desam, netay, siğmaydi haddim,Ketay desam ortga yöl yöqdir aslo.Egilib boradir dol kabi qaddim,Meni suyay olmas birorta aso.Seni topgunimça yutgandim zahar,Topgaç qanday gözal huzurga botdim.Hatto aqlim buni qilmasdi bovar –Holbuki, tösatdan seni yöqotdim.Endi oyoq osti – çangib yotibman,Har kasga şarmanda – gangib yotibman.Akrom MALIK

2 740marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.