Sevgi
Har qayga yursang ham, dengiz kelgaydir,
Har qayga yursang ham, dengiz kelgaydir,Yer yuzi öralgan suv bilan tamom.Sevgi maşaqqat-la egiz kelgaydir,Işqning sahrosida yöq izzat-ikrom.Agar ma’şuqingdan ozorlar yetsa,Lazzat deb bilmasang, ey oşiqi zor,Işqning qahratoni qorlarin tutsa,Qalbingda lovullab turmasa, bahor —Har qança şe’r öqib, töqima doston,Sevdim deb aytganing yolğondir, yolğon!Akrom MALIK

Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.