Sevgi
Seni eslab mudom qon yutdim, e voh,
Seni eslab mudom qon yutdim, e voh,Qon tuflab qoronğu kunlardan ötdim.Yurak azob içra böldi sim-siyoh,Tonglarga qon rangli közimni tutdim.Sen-la ötgan damlar edi dor kabi,Sening eslaş esa qip-qizil motam.Yaşab bu olamda aybdor kabi,Amin edim — seni unutmoq bayram!Sudrab sahro içra vaqtning zanjiri,Şikasta jismimni uzoqqa eltdi.Men beçora edim yoding asiri,Nihoyat, xayoling aqlimdan ketdi.Nihoyat, tugadi kasif bir motam,Bugundan boşlandi yap-yangi bayram!Endi tirikmisan, ölikmisan yo —Kelmas xotirimning bir çekasiga.Sensiz kurtak urdi yaşil bir hayot,Qalbimni topşirdim ÖZ EGASIGA!Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.