Til

Hikmat

Ğöraning makoni şoxning ustida,

Ğöraning makoni şoxning ustida,Uruğning maskani tuproq ostida.Öz joyidan keçgan şuhrat qasdida,Oqibat xazon-u sarsona bölgay.Pişgança kutsang gar, izlab kelgaylar,Ösgança kutsang gar, sizlab kelgaylar,Kutmaganlar faqat bözlab ketgaylar,Sabr etgan sevilib, jonona bölgay.Gado bölsang, köngil, şoh bölgum dema,Çöqqimisan, aslo çoh bölgum dema,Quyoşsiz porlayman, moh bölgum dema,Maqomin taxt bilgan şohona bölgay.Şerman degan şoqol kulgidir kulgi,Böriga teng bölmas heç qaçon tulki.Eng buyuk özgarmas haqiqat şulki,Haddini bilgan zot tovono bölgay.Har zotning sifati sobitdir sobit,Sifat öz zotidan bölolmas soqit.Durdan dur kelgaydir, yoqutdan yoqut,Zotini pok tutgan farzona bölgay.Akrom MALIK

2 560marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.