Haqiqatning badali
Bu dunyo yolğonga tölib-toşganini bilasanmi? Çunki yolğon şirin. Haqiqat – aççiq. Yolğon nafsning talabi, haqiqat Haqning talabi.
Banda dunyoga Haqni sevmoq uçun keldi. Haqqa esa haqiqat bilan boriladi. Lekin ma’şuqqa yetmoq hamişa qiyin bölgani kabi haqiqat yölida yurmoq maşaqqatlidir. Haqiqatning badali qimmat.
Qanday badal bor bu yölda? Öğil haq yöldagi otaga isyon qilib, ukasini öldirişi mumkin. Unday bölmasa, Qobil Hobilni öldirar edimi? Xotin va bolang tuğyonga ketib, halok bölişlari mumkin, unday bölmasa, Nuh alayhis-salomning xotini va öğli halok bölarmidi?
Jirkanç qavmiga muhabbat qilgan xotin erining haqligini bila turib, jirkançlikni sevaverişi mumkin, yöqsa, Lut alayhis-salomning xotini ifloslikka çökkan qabilasi halokati uçun oh tortarmidi?
Şunçaki töğri yölda bölganing uçun seni arralaşlari ehtimoldan xoli emas, Zakariyo alayhis-salomni eslagin-a. Öz qavmingga qançalik yaxşilik istama, ular senga yomonlikdan töxtamasliklari juda oddiydir. Muso alayhis-salomga bölgan zulmlarni esla.
Sening naqadar rostgöy va halolligingni bila turib, amaking eng katta duşmanga aylanişi mumkin! Abu Lahab kim edi, axir?
Ammo haqiqatning ajib xosiyatlari borki, butparast emas, but yasovçi öğlidan payğambar çiqqan, Ibrohim alayhis-salomga boq!
Hatto öğling boşini tiğga tutadiki, Ismoil alayhis-salom kabi!
Zolimlarning jazosini beşikda daryoda oqib, keyin duduq bölgan bir çaqaloq ulğaygaç, bera oladi – Muso alayhis-salom qissasi yodingdami?
Haqiqatdan çekinmasang, xotining senga jon fido etib, qavmning eng kuçlilari ham senga döst böladilar. Xadiça, Umar, Hamza, Xolid ibn Valid roziyallohu anhumlarning hayotlariga nazar sol!
Haqiqatni topdingmi, himmatli böl, muhabbatli böl va qalbingni yolğiz Haqqa topşir. Haqdan boşqaga qalbni boğlama. Haq uçun sev, Haq uçun nafrat et, Haq uçun yaşa. Haqda yurganlar uçun joningni azobla, haqiqatdan kimki çiqsa, abadiy yuz ögir, işon, zarra ham iztirob çekmaysan.
Akrom MALIK



Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.