Til

Sözimni Allohning ismini zikr qilgan holda köz tegmasin deb boşlayman.

Sözimni Allohning ismini zikr qilgan holda köz tegmasin deb boşlayman. — rasm

Sözimni Allohning ismini zikr qilgan holda köz tegmasin deb boşlayman.

Xalqqa xizmat qiladiganlar haqida gapiriş biram maroqli. Çunki ular millat haqidagi yoqimsiz tasavvurlarni yöqqa çiqaradilar, mukofot va maqtov tama qilmasdan qilgan işlari bilan duşmanlarning köziga tuproq soçişadi. Elning iqboli haqida umidvor bölişga yetaklaydi. Ular özining barça yaxşi sifatlari va xulqlari bilan qalblarning muhabbatini qozonadi.

Menimça, Yangi Özbekistonni ana şunday millatiga şaydoyi, xalqiga fidoyi, haqiqatning gadoyi bölgan yigitlar qurişadi. Menimça, şulardan biri “Qamar” fenomeni bölsa kerak.

“Qamar” bilan 2020-yilning kuzidan beri bevosita tanişman. “Qamar”ning nuri xalqimiz xonadonlarini, minglab odamlar qalbini munavvar etib kelayotgani şohidiman.

“Qamar” bu şunçaki pul topiş vositasi emas. Uni kitobdan pul topaman degan odam qurmadi. Pul topaman desa, kitobdek maşaqqatni yelkaga oliş şart emas edi, şunçaki, çetdan latta-putta opkelsa, pulning tagida qoliş imkoni yetarli.

“Qamar” kitob bilan xalqning közidagi zulmatni ketkazaman degan himmat ila porladi.

“Qamar”ning jasorat va haqiqat oşiği oçdi. U kerak örinda haqqini qanday talab qilişni biladi. Haqiqatni gapirişdan çekinmaydi.

“Qamar” fenomeni ortida sadoqat turibdi. Bu döstlarga, xodimlarga, ota-onaga, oilaga, asosiysi, yölga sadoqatdir. Heç qaçon xiyonatni bilmaydigan bir manbadan porlagan bu “Qamar”.

Kimgadir uning nurlari yoqmasa ham kerak. Körşapalakning közi nurdan bezgandir. Şu sababli “Qamar” içidagi çiroqlarni kimdir öçirib ketar, balki kötarib ketar. Lekin bu çiroqlar yurakka yoqilgan bölsa, ularning harakatlaridan ular uçun biror natija yöq.

“Hayratul abror”ga yozilgan şarhning 2022-yilgi naşridan qolgan biroz qismi bor edi, şuni imzo bilan kitobxonlarga tarqatdik, “Qamar” bu borada kömakçi böldi. “Qamar” bu san’at asaridir. Bunga bugun maza qilib guvoh böldim – iş boşqaruvçilari, sotuvçilari, kitobni taşuvçilari, xullas, har bir xodim kitobni sevadi! Heç kim adaşib unga kirib qolmagan. Ma’rifatga oşiqlarni “Qamar”ga jamlab qöyiş san’at emasmi, axir?

Aytilsa, biror işni qiliş, unga qadar jim ötirişni nima desak böladi? Bersang, yeyman; ursang, ölaman deganimi bu? Ammamning buzoği bölişmi bu? It yotiş, mirza turişmi? Nima deb atalsa ham, bu zaiflik demakdir. Lekin içdan olov yonsa-çi? Özi sevgan kasbni özi yonib topsa-çi? Şu işni muhabbat ila bajarsa-çi? Ana şudir millatni uyğotadigan asl quvvat!

“Qamar” ana şu quvvatning buloğidan çiqqan. “Qamar” haqida uning ta’sisçisiga heç kim örgatmagan, heç kim amr bermagan, heç kim, hatto yöl körsatmagan. Içdagi olov sababli bu nur paydo bölgan. Şu nur, şu mehr, şu şavqni har bir qalbi uyğoq sezişi kerak.

Va Yangi Özbekistonga kim xizmat qilmoqda, uning yangi ekanligini kim tasbit etmoqda. “Qamar”ni bir misol qilsak böladi. Va mukofotlarni ham şundaylarga beriş kerak.

Akrom MALIK

2 570marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.