Mumtoz oila
ADOQ
ADOQ
Uşbu "Mumtoz oila" nomli bitikning adoğiga bizni yetkazgan Tangrimizga hamd-u sanolar bölsin!
Çin dildan orzuyim şuki, har bir sözimni elim öqib, uqişini va tuşunişini istayman. Şu sözlar elimning dardiga darmon bölişini istayman. Odamzod uçun eng kerakli gaplarni aytişni istayman.
2021-yil ikkita qissa yozgan edim. "Halqa" va "Jangchi" nomli. U asarlarni Xudoyim xalqimga juda suyimli qildi. Lekin köz tegdi: bu badiiy asarlarni diniy degan tamğa bilan çop etişni taqiqlaşdi. Diniy qömita nomli taşkilot bir yildan oşgandir, çop etişga ruxsat bermayapti.
Albatta, hayot bitta asar bilan tugamaydi. Tirik ekanmiz, yozişimiz kerak. Yana yozganlarim bor, köz tegmasin, iş oxiriga yetsin deb aytmay turibman, ular ham adoğiga yetişi bilan muhtaram kitobxonlarga taqdim qilaman, nasib.
Parvardigorimdan har yilli bitta yirik badiiy kitob yozişga quvvat va ilhom sörayman. Va har yili hazrat Navoiyning bitta katta asarini şarhlab çiqarişni ham orzu qilaman. Odamdan nimadir qolişi kerak, şular mendan qolsa deyman.
Aziz öqirman!
Bu muxtasar kitob ustida ança mehnat qildim. Ilk satrlari 2026-yil 27-aprel duşanba kuni qoğozga tuşdi. Bugun 2026-yil 3-sentabr – payşanbadan jumaga ötar oqşomda kitobning sönggi satrlari bitilmoqda.
Qadrdon akamiz, millat fidoyisi, mohir suxandon va notiq Abdukarim Mirzayev bu kitobni ham öqib, xalqimizga yetkazişidan umidim bor. Xudo xohlasa, tahrir va tashih işlaridan keyin u kişiga yuboraman.
Parvardigorim!
Bu kitobni öqigan insonni baxtli qil. Uni sevib qayta-qayta öqiganni ikki dunyoda saodatli ayla! Bitiklar manfaati ila oilalar sokin va tökin, tolesi yorqin bölsin va boşiga baraka yomğir bölib yoğsin!
Kitobning xatolarini yaşir va uni elimga, butun odamzodga xayrli qil!
Kitobni çop etişga hissa qöşgan, uni insonlar qöllariga olişlarida xizmat qilgan hammani maqsudiga tavfiq ber!
Kitobni öqib, tahorat olgan holda qölini duoga oçib, muallifni duo qilgan har kimning Özing döst tut va bu amali uçun jannatni mukofot qilib ber!
Kitobga kirli maqsad bilan yuzlanganlarga Özing kifoyasan!
Yo Rahim! Yo Karim!
Akrom Malik, Toşkent




Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.