Döstlik ilmi
Döstlik insoniylikdandir. Közingga yoqqan har kim ham döst çiqmaydi. Döstlik neligini bilmaydigan baxtsizlar bilan bu jahon tölib-toşgan. Ha, döstlik nimaligini bilmaslik – baxtsizlikdir.
Döstman degan odam haqida şuni bilki, yordam sörab borganingda imkonim yöq dedimi, u döst emas. U yolğonçi va ikkiyuzlamaçidir. Bu narsani özing uçun bilib qöy va öşa döstning nomini qayta tilingga olma, ismini dilingga kiritma.
Aslida, eng latif döst döstining ahvolini aytmasidan avval bilgan odamdir.
Sotqin va ikkiyuzlamaçilar bilan dunyo dengizidan oxirat sohiliga yetib bora olmaysan. Kemangdagi kalamuşdir u. Lekin ehtiyot böl: özing ham kalamuş bölib qolma.
Agar dösting sendan yordam söraşga uyalsa va sen bölaturib boşqadan yordam sörasa, özingdan norizo böl. Qanday ham noşud va zaif ekaningni bilib ol.
Akrom MALIK




Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.