Mumtoz oila
YIGIRMA BIRINÇI BOB
YIGIRMA BIRINÇI BOB
HAMMAGA ZARUR NASIHATLAR
Odam hayvon emas. Baribir, hayvon emas. Uning ruhi va hayvonning ruhida farq bor. Hayvon şahvati hamda vahşiyligiga ergaşadi. Inson aqli va qalbiga ergaşadi. Hayvon jismining taşvişida, inson ruhining taşvişida.
Ruhining taşvişini qilganlar hayvondan farqlanadilar. Inson tanasiga ozuqani tirik qolişi uçun yedirsa, kifoya. U, asosan, ruhi haqida qayğurişi lozim.
Ruh – osmoniydir. Uning ozuqasi ham osmondan tuşirilgan. Yer tuproqdandir, uning yemişi şu sababli yerdan çiqarilgan.
Har bir inson aqlini tanigan onidan boşlab bu haqiqatlarni idrok etmoği kerak. Agar buni teran tuşunmasa, uning harakatlari hayvonning harakatlaridan farq qilmaydi: yeydi, içadi, uxlaydi, jimo qiladi. Albatta, guruhlaşadi, guruhlanib jonini saqlaşga urinadi, tajovuz qiladi, himoyalanadi, öz juftini qizğanadi va bolalarini hayotga – ovga tayyorlaydi. Lekin u ruhining ozuqasi osmondan tuşganligini bilsa, anglab yetsa, hayotini ana şunga qarab rejalaştiradi, şunga qarab quradi.
Kitobimizning sönggi bobida hammaga zarur bölgan nasihatlarimiz şulardan iboratdir:
1. Xudoning oldiga qaytmoq haqdir. Qanday yaşaganimiz haqida hisob berişimiz şubhasiz haqiqatdir. Şu esdan çiqmasin.
2. Rizq bobida qattiq örtanmang. Xudoning bir ismi – Musabbib. Ya'ni olamlarni sabab ustiga qurgan Zot. Yaşaş uçun sabablarning barçasini muhayyo qil – işla, kuç sarfla, duo qil, lekin natijani xuddi heç qanday sababni qoyim qilmagandek kut. Sabablarni bajo ayla, lekin Haqqa suyan. Rizqim kamayadi deb qörqsang, ertaga rizqsiz qolaman deb taşviş qilsang, hayotingda baxt va xotirjamlik nimaligini bilmay ölib ketasan.
3. Bundan keyin xatar faqat insoniylikka emas, balki er va xotingadir. Buning ma'nosi şuki, endi erning erligi, xotinning xotinligi unuttiriladigan davr boşlandi. Buni xoh dajjol davri, xoh dijital davri deb ataş mumkin, mohiyat özgarmaydi. Endi hujum dinga emas, insonning fitratiga qaratiladi. Fitrat buziş boşlanadi, balki allaqaçon boşlandi.
Dunyoning mutafakkirlari bu haqiqatni anglab, jar solmoqdalar, afsuslar bölsinki, özbek jamiyati tafakkurida hali bu xatarning tajalliysi mavjud emas. Özbek tilli tafakkur egalari hamon ibtidoiy masalalarda bahs etmoqdalar va bu bahslarning mohiyatida erkinlik, inson hurriyati niqobi ostida oilani va jinsni barbod etiş harakati közga taşlanmoqda.
Millatni uyğotiş yoki siyosiy faollik haqida emas, balki insoniylikni saqlab qoliş, adab va axloq qörğoni bilan fitratni asraş boş masalaga aylanganidan gödak zehniyatli notiqlar xabarsiz yoki xabarlari bölsa ham hali masalaning haybatini töla tasavvur etmayaptilar. Şu sababli er bölgan erligini, xotinlar xotinligini ihotaga olsin, ya'ni erlar erkakka xos adabni örganib, şu asosida yaşamoqlari lozim. Ayollar ayolga xos ojizalikni zimmalariga olmoqlari, ayollikka xos xususiyatlardan voz keçmasinlar.
4. Aqlga suyaning. Tuyğularni çetga suring. Çunki hozir tuyğularning pokligi yöqolgan. Şu sababli hamişa xotirjam böliş uçun aqlni ilgari qöymoq maqbul körinadi. Aql orqali foyda va ziyonni farqlang: biror işga qaror berişdan avval uning moddiy va ma'naviy ziyoni hamda foydalarini ölçab çiqing. Dunyo va oxiratni kuydiradigan zararli işlardan qoçing.
5. Uzoqni öylang. Bugun qilinadigan iş va qilinmaydigan işning hosilasini tasavvur eting. Qaysidir işni keçiktiriş ertaga katta yöqotişga olib borişini ravşan holda köra oling. Sabr-toqat talab qiladigan işlarning mevasi şirin böladi. Mehnatdan qörqmang. Tezda boy bölişni istamang. Şoşilmay bir iş ustida uzoq yillar böling, şu işdan baraka topasiz.
6. Sabr va hilmni mahkam uşlang. Har qanday holda ham tez gapirib javob bermang, sabr qiling. Sizga juda qattiq gapirsalar ham, oğir hamda vazmin turing, imkon qadar tabassum qiling, aslo yutqazmaysiz. Hayotda kimningdir ustunligini isbotlaş şart emas, zarar va xörlanişdan yiroq bölmoq muhim. Kimdir özini ustun va baland tutişi juda kulgili. Kulgili holga tuşmang.
7. Insof va qanoatga suyaning. Kimgadir iş haqi bersangiz, insof qiling. Boriga qanoat qiling. Köpini istayman deb yugurmang. Oz narsa bilan ham yaşasa böladi. Boşqalarning soyasiga qarab, özingizga tön biçmang.
8. Xudoning bandalaridan qörqmang. Sizni qörqitişlariga izn bermang. Haqqingizni tortib olişlariga rozi bölmang, şartlarni buzib, hiylalar bilan sizning haqqingizni yeyişlariga aslo yöl qöymang. Halol haqqi uçun kuraşganga Xudo yor böladi. Halol haqqini oldirgan qörqoqni xorlik kutadi.
9. Kam gapiring. Köp gapirgan faqat obrö yöqotadi, hatto eng çiroyli va eng haq gaplarni ham kamroq gapiriş lozim. Tanangizni oçib yurişdan qançalik hayo qilsangiz, köp gapdan ham hayo qiling.
Akrom MALIK




Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.