Til

Ba’zan ilm olişga qobiliyati va salohiyati bor, lekin şaroiti yöq yoşlarni körib, ularga yordam berişni…

Ba’zan ilm olişga qobiliyati va salohiyati bor, lekin şaroiti yöq yoşlarni körib, ularga yordam berişni… — rasm

Assalomu alaykum!

Ba’zan ilm olişga qobiliyati va salohiyati bor, lekin şaroiti yöq yoşlarni körib, ularga yordam berişni istaysan.

Yordam beray deysan-u, imkoning haminqadar böladi.

Şunda bu yurtning boylari pullarini nima qilişar ekan degan tamagir bir öy miyada aylanadi.

Balki ular hammadan yaşirinça tinimsiz ehson qilib yotişgandir-u, biz ğofilmiz.

Balki ularning tadbirli miyalarida boşqalarga yordam beriş, xalqning ma’rifatiga hissa qöşiş degan öyning uruği ham yöqdir.

Balki ular kitob öqiş tugul, harf tanimas.

Balki ular juda qoloq, haddan taşqari ma’naviy qaşşoq, haddan taşqari qörqoq, haddan taşqari takabbur, johil, pul quturtirgan odamlardir.

Balki ularga biror nasihat ta’sir qilmas.

Balki ularning qalbida oxiratning zarraça ğami yöqdir.

Balki ular riyokor, maqtançoq, oyoği yerdan uzilgan, heç kimni nazar-pisand qilmaydigan xudbin, dilozor va olçoqdirlar…

Yo Xudo!

Adaşayotgandirman?!

Harqalay, yurtimizda biror boy yoşlarni öqitiş uçun birorta grand beradigan taşkilot qilmagan, harqalay, birorta boyning sa’viya bilan gapirganini eşitmadim yoki fikrlaşi öta pastlari minbarga çiqsa kerak.

Puldorlarga laganbardorlik qiladiganlardan Xudo saqlasin! Çunki johil puldordan uning laganbardor itlari va tilyoğlama köppaklari jirkançroq.

Buni aytişdan murodim şuki, Xudo ilm yoki ta’lim olişda ilmni pisand qilmaydigan adabsiz, johil va kar-kar puldordan bizni abadul abad umidvor va tamagir qilmasin!

Ilm oşiqlariga Robbimning Özi madad bersin, omin!

Akrom MALIK

2 080marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    Döstlik ilmi

    Döstlik insoniylikdandir. Közingga yoqqan har kim ham döst çiqmaydi. Döstlik neligini bilmaydigan baxtsizlar bilan bu jahon tölib-toşgan. Ha, döstlik nimaligini bilmaslik –…

    1 daqiqa

    YIGIRMANÇI BOB

    OILADA BAYRAMLAR Bayram hayotning ajralmas qismi. Xudoning Özi insonlar xursandçilik qilişlari uçun muayyan kunlarni ajratib bergan. Bu kunlarda jism mutlaqo ozor çekmasligi uçun…

    2 daqiqaMumtoz oila

    ÖN TÖQQIZINÇI BOB

    OILADA ÖLIM VA MOTAM Ölim har kimning peşonasida bor. Köz yumib oçgunça umrning sönggi qoşimizga keladi. Pişgan mevalar qanday tökilsa, biz ham şunday tökilamiz. Huzurlar oğriqqa,…

    4 daqiqaMumtoz oila

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.