Til

Borxesning özbek tilida çiqqan "Al-muhtasimga yaqinlaşuv" kitobini öqib bölib, Markesning "Yolğizlikning yuz…

Borxesning özbek tilida çiqqan "Al-muhtasimga yaqinlaşuv" kitobini öqib bölib, Markesning "Yolğizlikning yuz yili" romanining ham katta qismini közdan ötkazdim. Mutolaa asosiy işimdan boşqa iş bilan şuğullanganimda bölyapti. Borxes xayolot hamda turli kitoblar orasida daydib yurgan odam. Inson kayfiyati va tabiatini çuqur tahlil qilişga uringan, Xudo haqida fikrlagan, turli qaraşlarni qiyoslagan kuçli sözçi, aqli işlaydigan qalamkaş. Tabiiyki, dunyoqaraşimga biror yangilik olganim yöq. Markesning Borxesga monand joylari köp. Ikkisi ham insonlarni vahşiyarça, beşafqatlarça, befarqlarça hissiz tasvirlaydi. Markes zamon va makon muammolarini teran köradi, vaziyatni kontekstual suratga ola biladi. Lekin suratning özi işni hal qilmaydi. Bu ikkisining bitigida yaxşilik va yomonlik, haq va botil aralaşib yotadi, ayniqsa, Markesda. Inson kabi betayin mavjudot yöq degan tasavvurni singdiradi. Markesda Buendialar xonadoni ayollari - Ursula, Rebeka, Remedios, Fernanda kabi xotinlarda sobitlik va poklik bor. Bular imkon qadar şarm-u hayosini, iffat va şarafini saqlaydi, qolgan aksari qahramonlar, ayniqsa, erkaklarda buzuqlik oddiy hodisa ölaroq taqdim etiladi. "Yolğizlikning yuz yili" qomusga ham öxşaydi, öqib, yozuvçi turli işora va ramzlarga nimalarni yaşirganini bittalab yeçib ötiriş ham mumkin.

5 640marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.