Til

KITOB VA KITOBXONLIK

Har qanday kitobni öqib ketaveriş bu ilm emas. Kitobni ustozsiz öqiş jaholatni köpaytiradi. Kitob öqişning Turkistonda ming yildan ortiq tarixga ega madaniyati bor. Kitob öqiş jiddiy hodisa hamda bu nazoratsiz qolişi mumkin emas. Kitob öqiş va öqitiş madaniyatiga oid muhim nuqta şulki, kitobdan muallif bayon qilişni istagan ğoyaga teskari ğoyani topiş mumkin emas. Kitob yaxlit holida muallifning puxta işlangan konseptini namoyon etadi. Mumtoz kitobda özini inkor etiş kuzatilmaydi. Arzon kitobda bu kuzatiladi. Şu sababli kitobni muallifning özi talqin qilişi, qaysi haqiqatni yetkazmoqçi ekanini oçiq-oydin aytişi, oğzaki tuşuntirişi va buni kitobxon qabul qilişi kerak. Bu örinda kitobxon uning uçun şogirdga aylanadi, u ham kitobni şu şaklda tuşuntirib keyingi halqaga yetkazadi. Muallif rozi bölgan matn va uning talqini şu tarzda meros bölib qoladi. Kitob ustoz bilan öqilarkan, u kitobni xato tuşunişdan inson ongini muhofaza qiladi; matn içiga yaşiringan ma’nolarni anglatib ketadi. Qöliga tuşgan kitobni paydar-pay öqiş insonni ikkilaniş va tayançsizlikka yetaklaydi. U kitobdan közlangan maqsad sari emas, undan teskari tomonga qarab yöl olişi ham mumkin.

Bilgilar

1. Özbek bu bir qavmning nomi. Özbek katta xalq. Özbek bu ona tilimizning ismi. Inson har qança kitobxon bölsa ham, mana bu gaplardan saqlanişi kerak: 1) özbeklar poraxör; 2) özbeklar yiğib qöyadi; 3) özbeklar öqimaydi; 4) özbeklar fikrlamaydi; 5) özbeklar sotqin; 6) özbeklar birlaşmaydi. Bu gaplarning hammasi safsata. Xalqning, millatning şa’niga töğri ta’rif emas. Özbek bölgan inson öz millatini yerga urişdan uyalişi kerak. Kim göyo haqni aytyapman deya öz xalqi va millatini yerga ursa, kamsitsa, yumşoq qilib aytganda, u ilmsiz va johil; qöpol qilib aytsak, yolğonçi va xoin.

2. Haqiqat şulki, ibn Sino, Forobiy va boşqa olimlar öz ilmining çuqurligi sababli Ğarbda öqildi, Ğarb ularni örganmasa, texnik taraqqiyotga erişmas edi, demak, ularni kimdir maşhur qildi degan gap qip-qizil safsatadir.

3. Ilm olami kengdir, bunda olimlar bir-birlariga ixtilof qilişlari tabiiy. Kimdir boşqa bir ilm ahlini inkor etişi odatiy hol. Bundan fojia yasamaslik kerak. Tan olingan har bir olimning özi anglab yetgan haqiqat bor va bu uning uçun haqiqat bölib qolişi, boşqalar esa uni hurmat bilan rad etişi mumkin. Har qanday matnni şarhsiz tuşunib oliş odamni aljiratib qöyadi.

4. Kutilmagan (yoki kutilgan) şon-şuhrat odamni şayton kabi yölda urib, şarmanda qilişi mumkin.

5. Ba’zan kitob öqimaslik kitob öqişdan ham yaxşi bölişi mumkin. Ya’ni aqli kötara olmaydigan kitob inson aqlini mayib qiladi. Ana şunday aqlning kuçi yetmaydigan matnlarni öqimay yuriş uni öqib va johillarça vaysab yurişdan ming marta xayrlidir.

13 100marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    Farzand ulğaytirişning hikmati

    Farzand ota-ona oldidagi qarzini uza olmaydi. Ota-ona ham farzandni qarzdor qilib, keyin bu qarzni uzişi uçun boqmasligi kerak. Ota-ona bölişning bir qança ilohiy hikmati bor.…

    1 daqiqa

    RISOLAYI MARĞUBA

    Onamning bobolari mulla Olim rahmatullohi alayh naqşbandiya suluki murşidlaridan edi. Sobiq Şöro mustamlakasi davrida xalqni dinga, axloqqa irşod qildi. Haq yölda ekanligi uçun 20…

    1 daqiqa

    Özini butun hayotini mukammallik kartinasi ölaroq,

    xatolarini ham fazilat rangiga böyab, qadam-baqadam özidan beozor va tirişqoqni yoqib odamlarga ulaşib borayotgan dumbul, ğör, xom-xatala ukalarimizga aytarimiz şuki — bu işingiz…

    1 daqiqa

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.