Xorijda öqiş oliy maqsad sifatida körilmasligi kerak. Maqsad öqiş emas, ilm oliş. Ilm oliş emas, qanday ilmni…
Xorijda öqiş oliy maqsad sifatida körilmasligi kerak. Maqsad öqiş emas, ilm oliş. Ilm oliş emas, qanday ilmni oliş - eng muhimi.
Qandaydir boy davlat meni tekinga grant hisobiga öqitadi deb yurakning hapqirişi içki bir hissiy va aqliy böşliqdan nişona.
Şakllanmaganlik belgisi.
Baxtni yot yurtdan topaman deyiş özingga begona ekaningga dalil.
Çetda öqima deyilmayapti, çetda öqiş barça maqsadlarga eşik oçadi, murod-u maqsadimga şu orqali yetaman deyiş xatodir.
Çetda öqiş hayotiy zarurat hosilasi bölişi kerak.
Yaşayapsiz, nimadir işlab çiqaryapsiz, lekin muayyan malaka sizda yetişmayapti. Butun Özbekistonda ana şu malaka va ilm yöq bölsa, boring-da, qayerdandir örganib, tezda kelib şuni amalda joriy qiling. Tamom, masala hal.
Şunçaki, uçib-qönib, çetda öqiş baxt deya yoki çetda öqiş bu status deya yugurib yurgan bölsangiz, maqsad va hayot yölini tayin qilişda şunçaki, umrtqasiz holdasiz.
Yoşlarni ham çetga öqigani yuborib, xorijning rangini yaltillatib körsataveriş kerak emas.
Ya'ni har bir yigit-qiz öz yurti, vatani, xalqi, yaşaş maqsadi haqida mahkam va sobit tuşunçalar kasb etmoği lozim.
Dunyoni öz qalbingda kaşf eta olsang, qaniydi.
Lekin bu gaplar öz yurtidan boşqa hamma yot ölkani sevadigan; öz vatanidan bölak yot va takabbur qavmlarga qalban va aqlan tobe bölgan insonlarga yoqmaydi, zotan, haqiqatni tan olişga nafsning havosi xalal beradi.
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.