Til

Ey qalbi gul kabi nazokatli Ayol!

Ey qalbi gul kabi nazokatli Ayol! Ey aqli tuyğular böronida çirpirak bölguvçi Ojiza! Ey qarorlari doim özgarib, ikkilanişlar içida qolguvçi Zaifa!

Seni yuksaltirguvçi, buyuk maqom berguvçi Vazifang haqida eslatma bermoqçiman.

Ey Ayol! Ey Ona! Ey mukarrama Zot!

Oyoği ostiga jannat töşalgan munavvar Siymo!

Sen tilloga qiziqasan, boylikka, çiroyga qalbing çopadi.

Ba'zan istaklaring qayerdan boşlanib, qayerda tugaşini bilmay qolasan.

Kimgadir suyaniş va kimgadir işoniş ilinji ila yaşaysan, şu sababli ham Ayolsan!

Ammo işon! Işonki, Sening buyuk Vazifang sadoqatli juft bölmoqdir. Erning rizosi ila jannat eşigining kaliti qölingga beriladi.

Söng Onalik maqomi!

Öğillar va qizlarni ulğaytir.

Ularni sev, parvariş qil. Ular uçun özingni fido et, ularning yaxşi inson, solih inson, halol va insofli inson bölişi uçun harakat qil.

Bu bir muhoraba maydonidir.

Ğiybatlarga quloq solma. Kimdir seni pisand qilmasa, e'tibor berma. Kimdir iğvo tarqatsa, köz solma.

Sen KELAJAKNI QUR!

Sen şerlarni tarbiya qil. Afifalarni ulğaytir.

Butun diqqating bilan çinakam ONA bölmoq uçun intil. Bolang qarşisida dunyoning hamma istaklariga öt qöy. Mening nafsim, mening istaklarim-çi dema. Dugonalarim şundoq yurişibdi, men-çi dema.

Zurriyodlaring – ana ular Sening Buyukliging ildizidir.

Tasavvur qil: sen tarbiya qilgan öğillar yurt koriga yaraydigan, xalqning yukini kötaradigan, mard va donişmand bölib yetişdilar.

Kelinlar tuşirding. Qizlar çiqarding. Nabiralar körding. Qançalar ehtirom va sevgi içida bölişingni öyla.

Vaqtinçalik hoy-u havaslar, nafs ortidan çopgan qizlar bugun bu imkoniyatni boy beryaptilar.

Karera qilaman, ilm olaman deb özini aldayotgan ojizalar öz imkonlariga, özlarining ilohiy va fitriy baxtlariga öt qöymoqdalar.

Bugungi qarsaklar, unvonlar, olqişlar, moliyaviy mustaqilliklar – heç biri senga mangu saodatni bermaydi, umringning qaymoğini sen abadiy yölga tikmasang, yölning oxiri juda aççiq va oğriqli keçadi.

Ey ayol!

Ey ma'suma!

Ayol jamiyatda faol bölsin, yana bir nimalar qilsin deb çopayotganlarga aldanma.

Buyuk Ona böliş imkonidan ayrilma. Oyoğingga jannat poyandoz qilib töşab turilganida botqoqliklardan yurma.

Bu fikrlarni yodlab ol. Uqib ol. Içingga singdir va özingni sadoqatli jufti halol va Ona böliş uçun safarbar et!

Umring, mehnating, sihhatingni bu yölga sarflaysan va olgan hosiling uçun aslo afsus qilmaysan, bil'laks, baxtiyorlik va rozilik içida bölgaysan! Ammo boşqa söqmoq va jinköçalardan ketganlar, qizil bayroq-u oq bayroq bölib yurgan şörpeşonalarning oqibatlari ne bölişi yolğiz Xudoga ayon!

Sen tanlagan yölda natija kafolatlidir, ammo teskari tomonga daydiganlarning ne bölmoği zulmat-u qoronğudlikdadir. Ularni qora bir tuynuk, sovuq tunlar, ajdaho kabi himoyasizlik va ayançli oh-u nolalar kutib turgan bölişi ehtimoldir, Xudo saqlasin!..

7 050marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    Yana maktablar haqida gaplaşsak...

    Yangi Özbekiston çin ma'noda yangidir. Unda yangi deb atasa böladigan sanoqsiz yangiliklar bor, ularning ayrimlari şu qadar tezlik bilan hayotimizga kirib joylaşmoqdaki, közimiz…

    3 daqiqa

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.