Yana maktablar haqida gaplaşsak...
Yana maktablar haqida gaplaşsak...
Yangi Özbekiston çin ma'noda yangidir.
Unda yangi deb atasa böladigan sanoqsiz yangiliklar bor, ularning ayrimlari şu qadar tezlik bilan hayotimizga kirib joylaşmoqdaki, közimiz ilğamay qolmoqda, lekin biz ziyrak bölib, har bir yangilikni uşlab olişimiz, tahlil qilişimiz, bizga qançalik va qanday ta'sir qilişini bilişimiz kerak, ya'ni bu yangilik oqibatida biz nima topamiz va nima yöqotamiz degan masalani hamişa köz öngimizda tutmoğimiz lozim, aks holda, yangiliklar tölqini bizni va avlodlarimizni tasavvur ham qila olmaydiganimiz joylarga olib ketişi heç gap emas.
Öşa yangiliklardan biri xususiy maktablardir.
Ehtimol, aksarimiz xususiy maktablarga ijobiy nigoh bilan qarasak, ajab emas, bolalarimiz yaxşi maktabda öqisa, ulğaysa, yetuk bölsa deb orzu qilamiz, hatto söralgan mablağni berişga ham şaymiz.
Lekin masalaning juda nozik bir nuqtasi bor.
Bu xususiy maktab bolaning neça soat vaqtini band qilmoqda degan savol bilan anglanadigan nuqtadir.
Bilişimizça, xususiy maktab ertalabgi soat 08:00dan keçki soat 18:00gaça bolani band qiladi.
Şunçaki, bolaning ota-onasi ham bolaga yetarliça vaqt ajrata oladimi?..
Maktab ixtiyoridagi bola ota-onadan olişi mumkin bölgan oilaviy qadriyatlar, ota-ona ibrati va iymon-e'tiqodga oid saboqlardan mahrum bölib qolmaydimi?..
Savol şu.
Maktab ilm va tarbiya bersin, aytilganidek, kasb-u hunar ham bersin deylik, lekin oilada erkak va ayolning örni qanday böladi, ota oilani qanday boşqarişi kerak, ayol erga qanday itoat etişi kerak, ota-onaga bola qanday böysunişi va ularni qanday şaklda ehtirom etişi kerakligi haqidagi ulkan tahsil qanday va qayerdan olinadi?..
Aslida, bugun oilalarning çinakam oila mohiyatidan yiroqligi sababi şu mahrumlik ila boğliq: ota-ona ertadan keçgaça işda, bola esa qarovsiz; natijada, ulğayganda na öğillar otalikni, qizlar na onalikni bilyapti. Bolani ovutiş, tagini tozalaş, emiziş, rözğor tutiş haqida ham onadan örganmagan qiz ona bölganda dovdirab qiyin ahvolga tuşmoqda.
Holbuki, bu hali xususiy maktablar ommalaşmagan, deyarli hamma davlat maktablarida öqigan avlodning ahvoli. Endi xususiy maktablar qanday ota-onalarni bizga yetiştirib beradi? Xususiy maktablar inson fitratiga xos va mos oila tuzadigan ota-onalarni ulğaytira oladimi?..
Mayli, deylik, bola 15 yoşga tölganida ota-onalik ilmi maktabda beriladi. Lekin tabiiy şaroitda ibrat va taqlid orqali olinmagan bu könikma naqadar iş beradi? Naqadar samarali böladi?..
Azizlarim, masala biz öylagandan köra murakkab.
Bugun biz ortidan harsillab çopayotgan ğarb oila inqiroziga uçragani rad etib bölmas haqiqat.
Ularning kitoblari bizning zehniyat va şaroitga foyda qiladigan zarraça ham yeçim va töğri yondaşuvni taqdim eta olmasligini tuşunişimiz kerak. Şart.
Ğarbning taraqqiyot modeliga ergaşiş ularning modelidagi halokatga yetaklaydi, azizlarim.
Oila inqirozi bizni kutib turgan ulkan halokatdir. Maktablarga örnatilgan tizim ham bu halokatni yuzaga keltiruvçi bir omildir.
Bundan keyin har bir oila farzandlari bilan bir davrada yetarliça böliş muammosini yeçişga urinişi kerak.
Onaning butun vaqti bolalar uçun sarflanişi bu borada eng köp talab etiladigan şifodir. Ya'ni ona butun vaqtini faqat bolalariga ajratişi lozim va lobuddir, şu bilangina öz oilamizning yemirilib ketişini, sulolamiz axloqiy tanazzulga uçraşini, nasllarimiz qadriyatsiz qolişini töxtatgan bölamiz.
Bolalarimiz uçun ajratadigan vaqtimiz bölişi şart. Bolalarni xususiy jannatmisol qamoqlarga asir qilişdan oldin tafakkur qilişga vaqt topaylik.
Oltun qafas içra gar qizil gul butsa, Bulbulğa tikandek oşiyon bölmas emiş.
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.