Til

Ketsang, rozilik olib ket. Kimdan qarzdor bölsang, albatta, uni rozi qil. Qarzdorlik deganda ma’naviy qarzni…

Ketsang, rozilik olib ket. Kimdan qarzdor bölsang, albatta, uni rozi qil. Qarzdorlik deganda ma’naviy qarzni köproq nazarda tutilmoqda.

Senga ilm bergan, hunar örgatgan, oğir kuningda bağriga bosgan, yaxşilik qilgan, qay şaklda va qança miqdorda bölmasin, senga madad qölini uzatgan inson sendan afzaldir.

Qonuniyat şu.

Sen undan qarzdorsan.

Şunday qarzlar borki, koinotni sotib, pulini bersang ham, uzilmaydi. Balki uning haqqi köngilning içida. Qalbda.

"Mendan rozi böling, bergan non-tuzingizga rozi böling. Ilmingizga, mehr-u muhabbatingiz uçun rozi böling. Biz loyiq böla olmadik, qoşingizdagi qarzimni heç qaçon uza olmayman", – deb qöy. Şunday deyişni bil. Bu gaplar haqiqat ekanligini çin dildan angla va söng tilingga çiqar.

Bötam, köngil – Tangrining nazargohi. Haqqi senga ötgan odamni rozi qilmay turib, kosang oqarmaydi. Senga haqqi ötgan odamning qalbida ozgina bölsa ham ranj bor ekan, öşa ranj seni heç qaçon qöyib yubormaydi.

Bötam, kimgadir egilib, qölini öpdingmi, kimdandir qarzdorlik his qildingmi, oq fotihasini ol, duosini ol va hamişa yöqlab tur.

Bu sen uçun juda katta iqbol va istiqbol eşiklarini oçadi, inşaaAlloh. Şubhasiz.

4 170marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    Yana maktablar haqida gaplaşsak...

    Yangi Özbekiston çin ma'noda yangidir. Unda yangi deb atasa böladigan sanoqsiz yangiliklar bor, ularning ayrimlari şu qadar tezlik bilan hayotimizga kirib joylaşmoqdaki, közimiz…

    3 daqiqa

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.