Til

Eng töğrisini topiş – maşaqqat. Işonaver, şunday.

Eng töğrisini topiş – maşaqqat. Işonaver, şunday.

Qalbi uyğoq va idroki teran inson heç qaçon yolğonlarga könmaydi. U hamişa haqiqatni istaydi. Adaşib, uloqib yursa-da, haqiqatga qaytadi.

Hayotda muayyan qonuniyatlar bor. Ularni kaşf etiş va şu asosda umrni ötkaziş – ana şu maqsaddir. Bu kaşflar seni himoya qiladi: dunyoda şarmandagarçilik va xorlikdan, oxiratda jahannamdan.

Sen ul qonuniyatlarni ikki marta yaşasang ham topib, anglab, oxiriga yeta olmaysan, illo ustoz rahnamoligida hammasiga erişasan.

Ustoz özidan avvalgilarning ilm atalgan omonatini içiga solib olgan zotdir. Ustozning şu turişi qirq qaroqçining ğori kabi. "Sim-sim! Eşigingni oç!" – desang, bu ğor oçiladi.

"Sim-sim!" degan tilsimdan murod – ustozning kalitini top, uning tilidan durr-u gavharlar yoğilişini istasang, gapga sol, xursand qil.

Ma’no boyliklari har kimga talabiga yaraşa beriladi. Oziga könsang, ozgina. Köpiga könmasang, yana ham köproq.

Kibr va jahl, ğaflat va badgumonlik ma’no durlarini olişdan seni tösadi. Sen körgan narsa sen körgandek bölmasligini, eşitganing eşitganingdek emasligini ham anglaş uçun fahm közing körmoği lozim.

Yoşlar, yaxşi ustoz topsangiz, qöyib yubormang. Daryoda oqib ketarkansiz, sizga taşlangan arqonni qöyib yuborasizmi heç?!

3 730marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    Yana maktablar haqida gaplaşsak...

    Yangi Özbekiston çin ma'noda yangidir. Unda yangi deb atasa böladigan sanoqsiz yangiliklar bor, ularning ayrimlari şu qadar tezlik bilan hayotimizga kirib joylaşmoqdaki, közimiz…

    3 daqiqa

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.