Til

Oila rahbari er deya uning vazifalariga köp urğu berilişi adolatdan. Lekin erni asrab-avaylaş xotinning boş…

Oila rahbari er deya uning vazifalariga köp urğu berilişi adolatdan. Lekin erni asrab-avaylaş xotinning boş vazifasidir. Er oilani ta’minlaşi uçun sokin va xotirjam kayfiyatda bölişi şart. Ovqatlari tayyor, kiyimlari yuvilgan, ozoda, tekislangan, poyabzallar yaltiragan. Xotin yana undan şirin sözlari va tabassumini ayamasin. Ana endi er har qanday jangga tayyor: u kötarinki kayfiyat bilan işlaydi, işlari unumdor böladi, asabiylaşmaydi, işi tugagaç, uyiga qarab şoşadi. Çunki uyda halovat bor. Ammo aksinça bölsa-çi? Xotinning qovoği soliq, ovqatlar keçikkan, kiyimlar yuvilmagan, tekislanmagan; erning biroz jahli çiqsa, xotin undan qolişmay olişadi; aççiq-aççiq gaplar bilan dilini xufton qiladi; mayda muammolar bilan köndalang çiqaveradi; yana erning diqqatini tortiş uçun soxta çigalliklar öylab topadi. Bu bilan erni uşlab turaman deb fikr qiladi, xuddi u erni uşlaş uçun yaratilgandek. Bunday holda oilada notinçlik paydo böladi. Bora-bora erning yuragi bezillaydi. Xotiniga gapirişdan bezillaydi. Çunki xotin erning könglini kötariş, uni şodlantiriş örniga doimiy zulmi va zahar tili bilan yalmoğizga aylangan. Undan voz keçay desa, bolalari bor; qolaversa, erlik hamiyati xotindan voz keçişga izn bermaydi. Xotin esa istaganiça erning asabini egovlab, umrini qisqartiradi; biror marta erimga zulm qilmayapmanmi deb öylamaydi, özi bilib-bilmagan holda erning xorlab, qadrsiz qiladi. Haqiqiy erkaklar xotinlar bilan kuraşmaydi. Çunki xotinlardan ğolib böliş imkoni mavjud emas. Zotan, zaifalar bilan teng keliş mardlarga töğri kelmaydi, buni anglamagan xotinlar esa avjga çiqib, erning nomini bulğaş va quturişdan töxtamaydilar. Eriga zarda qilgan, unga hatto közini olaytirib qaragan xotinlarga fariştalar ham la’nat öqir ekanlar. Ovozini kötargan va tarbiyasizlik qilayotganlarning holiga voy bölsin. Alloh bunday xotinlarni la’natlaydi va jahannamga ötin qiladi. Albatta, oqila, fozila ayollar ham bor. Ular zimmalaridagi vazifani yaxşi bilişadi, çin dildan ado qilişadi, erning könglini xuşnud etib, oilani halovat va baxt qörğoniga aylantiradilar. Ammo gender tengligi deya xotinlar huquqini himoya qiliş haqida xabar topgan ayrim ojizalar bu vosita bilan erni tiyib qöyiş, uni sindiriş uçun foydalanişlari ham mumkin. Haqiqat şulki, erlar qadr topmagan yurt xor böladi; hadsiz xotinlar sabab baxtsizlik olamni qoplaydi; er bölsin, xotin bölsin, öz haddini bilişi, zulmdan tiyilişi, turmuş örtoğini ayblamay özini köproq taftiş qilişi maqsadga muvofiqdir. Er ham, xotin ham oilada halovat bölişiga intilişi lozim, ikkisi bir-birini avaylasin. Ammo bugun xotinlar erini avaylaş haqida mutlaqo öylamay, aksinça, erimdan zör kelaman deyotganga öxşaydilar, Alloh panoh bersin. Erkaklar: "Xotinimni qiynab qöymayapmanmi?" - desa, xotinlar: "Erimga maşaqqat tuğdirmayapmanmi? Qanday qilsam, erimga yengil bölarkin?" - desa, olam guliston. Albatta, er uyiga qoqqan bitta mixini minnat qiladigan xotinlar badbaxtlikka mahkumdirlar.

Кирилл ҳарфларида ўқинг!

2 160marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    Oila qurişdan maqsad nima?

    Hamma buni biladigandek, lekin yoşlarimiz uçun eslatma sifatida qayd etib qöyişni lozim topdik. Oila insonning fitriy talablaridan biridir. Inson ulğaygani sari yolğizlik hissini…

    4 daqiqaDavomi

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.