Til

Mumtoz oila

BIRINÇI BOB

BIRINÇI BOB OILA HUKMDORI — OTA

Uçinçi fasl Otaning oiladagi siyosati

Boşlanişi: 👉 1-qism. 👉 2-qism.

Oilada bir neça farzandlar örtasida adolat bölişiga ota jiddiy e'tibor beradi. Birini ikkinçisidan ustun körişi, yoki past bilişi öta jiddiy xatodir. Tabiiy, otaning ham, onaning ham qalbi farzandlari içida qaysidir biriga köproq talpinişi mumkin, bu hol barçada birdek kuzatilmasa ham, inkor etib bölmaydigan holat. Bu örinda ota ham, ona ham donişmand bölişlari talab etiladi — ular bu tuyğuni boşqa bolalarga foş qilmaydilar. Bolalarda meni otam yoki onam boşqa aka-ukalarimdan ajratmoqda degan fikr aslo şakllanmasligi maqsadga muvofiq. Ammo oilada örnatiladigan nozik bir siyosat şulki, yoşi katta farzandlarning ehtiromini kiçiklar his etadilar. Ota tönğiç öğil va qizlarning izzatini qiladi, ularning aql va yoş jihatdan ustun ekanligini, kiçiklar kattalar bilan maslahat qilmoği, ularning gaplariga, sözlariga itoat qilişlari kerakligini singdirib boradi. Buning uçun ota: "Akangni çaqir", "Akangga ham olib qöyaylik", "Akang xafa böladi", "Akang nima der ekan?", "Akangdan söradingmi?" "Akangni tabriklab qöy" kabi jumlalarni aytadi. Örni kelganda aka sözi örniga opa sözi qöyiladi. Kiçiklarga nisbata şafqat tuyğusi şakllantiriladi: "Ukangni xafa qilma", "Ukangga olib qöyaylik", "Ukangga berib qöy", "Ukangga yordam ber" kabi jumlalarni aytadi. Natijada, oilada akalar, opalar özidan kiçiklarga mehribon, şafqatli; ukalar, singillar kattalarga itoatli, quloq tutadigan, ergaşadigan bölib ulğayadilar. Kelajakda ularning meros talaşişi, ovsinlar fitnasi, mol-dunyo mojarolariga uçraşi oldi olinadi, ota-onadan söng ular soçilib ketmaydi, balki jips holda sulolaning şarafi va nomini saqlaydilar, oilaning tarbiyasi va axloqini qörğondek himoya etadilar. Farzandlar ulğaygaç, oilali bölgaç, ularni va nevaralarni har oyda bir joyga jamlaş, kunni birga ötkazişlari ta'minlanadi. Bu yiğilişda faqat jamlanib, ovqat yeyilmaydi, kim nima iş qilmoqda, kim işsiz, kim öqiyapti, kimda moddiy qiyinçilik bor — şu kabi masalalar muhokama qilinadi. Moddiy jihatdan quvvatli farzandlar boşqalariga yordam berişadi; sulolaning biror vakili işsiz, muhtoj va sarğayib qolişiga, begona joylarda sarson yurişiga asloyöl qöyilmaydi. Amakilar va toğalar jiyanlariga hadya va sovğalar beradilar; pul topişni boşlagan yoşlar ilk oyliklaridan va umuman daromadlaridan bobo-buvi, ota-ona, amaki, toğa, amma, xolalarga hadyalar, sovğalar berib duo oladilar. Oilaning yoşi eng uluği — sulola rahbari hammani bir joyga jamlab, iymon-e'tiqoddan, halollik va poklikdan, özaro mehr-oqibatdan nasihatlar qiladi, yoşlarning, butun oilaning haqqiga duolar qiladi. Qaynota, qaynona, qayinini, qayinopa, qayinsingillar, kuyov, kelin, ovsinlar, amaki, toğa, amma, xola va jiyanlar munosabatlari alohida boblarda muhokama etiladi.

Akrom MALIK

3 240marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    BIRINÇI BOB

    OILA HUKMDORI — OTA Uçinçi fasl Otaning oiladagi siyosati (Boşlanişi. Davomi) Otaning öğil va qizga nisbatan yondaşuvi farqlidir. Qizga qattiq gapirmaydi, faqat yumşoq gapiradi.…

    2 daqiqaMumtoz oila

    BIRINÇI BOB

    OILA HUKMDORI — OTA Uçinçi fasl Otaning oiladagi siyosati Ota oilada aksar holatlarda jiddiy va tabassumli odamdir. U xotirjam va osoyişta, vazmin va oğir-bosiqdir. Ota har bir…

    2 daqiqaMumtoz oila

    BIRINÇI BOB

    OILA HUKMDORI — OTA Ikkinçi fasl Otaning axloqi Ota oilaning barça yukini yelkasida kötaradigan ustundir. U buni çuqur anglaydi. U gözal axloqni özining boş tamaliga aylantiradi.…

    2 daqiqaMumtoz oila

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.