Mumtoz oila
BIRINÇI BOB
BIRINÇI BOB OILA HUKMDORI — OTA
Uçinçi fasl Otaning oiladagi siyosati
(Boşlanişi. Davomi)
Otaning öğil va qizga nisbatan yondaşuvi farqlidir. Qizga qattiq gapirmaydi, faqat yumşoq gapiradi. Ota qizini öpişi tavsiya qilinmaydi, şuningdek, qiz ham otani öpmasligi kerak. Bu milliy eski tarbiyaning bir qismidir. Qiz tarbiyasi bilan ona şuğullanadi va bu haqida alohida bobda aytiladi. Ota öğilni nazoratda tutar ekan, buning şartlari bor. Birinçidan, öğil mumkin va mumkin emas işlar röyxatini bilişi kerak, unga bu haqida bosqiçma-bosqiç hamda alohida suhbatlarda yoşiga qarab aytib boriladi. Ikkinçidan, ota ayrim hollarda öğilning xatolaridan köz yumişi, işoralar bilan uni töğirlaşga da'vat etişi kerak. Bila turib, özgalarning nuqsonidan köz yumişning nomi tağoful deyiladi hamda gözal xulqning öndan töqqiz qismi tağofuldan iborat deyilgan. Uçinçidan, ota öğilning yoşi katta bölgani sayin unga mustaqil qaror qabul qilişi uçun şaroit yaratib berişi kerak, öğil bu qarorlari ortidan keladigan yutqiziqlarni ham körişi va xulosa qilişi şart. Törtinçidan, ota — farzand uçun eng birinçi nafs murabbiysidir, ya'ni farzandning nafsini ota eng yaxşi tarbiya qilguvçidir, şu haqiqatni unutmagan holda ota öğilning quturayotgan nafsini jilovlaşdan ortga çekinmasin. Ota öğilga jismoniy, taşkiliy işlarni buyurişi, bu işlarni qanday bajarişni örgatişi tabiiydir. Ota öğliga kamida uçta hunar — qöl mehnatiga boğliq hunarni örgatişi, bu borada ustaga berişi yaxşi iş, öğil şu hunar orqali tirikçilik qilmasa ham, bu hunar unga butun hayoti davomida katta yordamçi böladi. Şuningdek, ota öğil bilan vaqt ötkaziş, sayohatga çiqiş, muayyan vazifalarni birga bajariş işlarini ham bajaradi. Ya'ni öğil bilan toğga, uzoq safarga, sportga, turli tadbir, oş, töy, maraka, janoza kabilarga birga borişi kerak. Jarayonda öğil otani yaxşiroq tanib, ruhan unga yaxşiroq boğlanadi. Ota hamma tarbiyani men bera olaman deyişi xato. Albatta, öğil uçun komil ustoz qidirişi kerak. Ustozning yoşi uluğ, uylangan, nomi va şa'niga doğ tuşmagan, boşqa şogirdlarni kamolga yetkazgan, işonçli odam bölişi maqsadga muvofiq. Hozirgi kunda ustozni otaning özi topmasa, öğil biror ustoz topsa, ota u bilan şaxsan uçraşadi, agar köngliga ötirsa, uning xizmatini qiladi, öğli uçun unga yaxşiliklar qilib turadi. Bu yöriqlarning barçasi tavsiyadir, u komil farzand tarbiyalaş uçun umumiy qoidalar, xolos, unga amal qilinsa, yaxşi natija bölişidan umid bor.
Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.