Til

Mumtoz oila

BIRINÇI BOB

OILA HUKMDORI — OTA

Uçinçi fasl Otaning oiladagi siyosati

Ota oilada aksar holatlarda jiddiy va tabassumli odamdir. U xotirjam va osoyişta, vazmin va oğir-bosiqdir. Ota har bir bolasini juda çuqur biladi. U bolasining tarbiyasini oliy öringa qöyadi. Ota hali farzandlari maktabda öqir ekan, ular bilan har hafta umumiy suhbat ötkazadi. Suhbatning ma’nosi – bu hafta kim nimalar qildi, nimalar qila olmadi? Bolalardan döstona şaklda maktabi, ustozlari, örtoqlari haqida söraladi. Tinglanadi. Ularga muayyan rağbat ma’nosida hissiy munosabatlar bildiriladi: “Iya, şunday ekanmi? Haa… Voooy. Qoyil! Qani, körsat-çi?” Xato gapirsa ham, darhol tanbeh bermaydi, suhbat sönggida mana şu joyi töğri bölmadi deb aytadi. Muhim nuqta şulki, olamda farzand dunyoqaraşiga ta’sir qiladigan eng kuçli quvvat — otaning sözi va amalidir. Farzand otadan eşitgan sözini umrbod qöyib yubormaydi, quloğiga durdek osib oladi, qalbidan çiqarmaydi. Otadan körganiga umrbod taqlid qiladi. Farzand bugun bölmasa, ertaga; erta bölmasa, indinga otaning nasihatiga, ögitlariga suyanib qoladi. Balki dastavval nasihatlar qiymatini tezda anglamas, lekin bora-bora tuşunadi, his qiladi, ya’ni farzandda ota sözini unuttirmaydigan fitriy sifat mavjud, buni ota çuqur biladi va bolasiga nasihat qilişdan, öz sözlarini hayotiy voqea va hikoyatlar bilan ziynatlaşdan aslo töxtamaydi. Ota ilmga ğayratli insondir. U hamişa öqiş, izlanişda bölib, bu jarayondan heç töxtamaydi, uning ilmsevarligi, ma’rifati oilaga, bolalariga ta’sir qilmay qolmaydi. Ota haftalik oila majlisiga imkon qadar özi şay turadi, telefonlar unutiladi, hamma qizğin suhbat qiladi. Ota bolalarini tinglarkan, bolalar ham avvalo, ota-onani, söng bir-birini tinglaşni örganadi. Ota hamişa ona maqomini oilada yuqori qöyadi, buni amalda ham, sözda ham namoyon etadi, onadan maslahat söraydi, u bilan ayrim masalalarni muhokama qiladi, bolalar onaning mötabar va hurmatga sazovor ekanligini közlari bilan körib ulğayişadi. Ota tozalikka qattiq e’tibor beradi: uy, hovli, liboslar, idiş-tovoqlargaça toza bölişini nazorat qiladi. Heç bir farzandining kir holda yurişiga izn bermaydi. Ota buyurgan işi bajarilgan yo bajarilmaganini tekşiradi. Yaxşi bajarilgan bölsa, bolasini barakalla deb maqtaydi; agar kamçiligi bölsa, yana maqtab tuzatadi. Ota bolalariga ularga oğir va bajariş qiyin, imkonsiz işni buyurmasin, bola bajarolmasa, yoki ota amri uyda ado qilinmasa, buning sabab va oqibati taftiş qilinmasa, otaning ma’naviy quvvatiga xonadonda putur yetadi. Ota oilada öz şa’ni va hurmatini saqlab turiş uçun kuraşadi, ya’ni heç qaçon öziga doğ böladigan amalni qilmaydi, çunki bolalar oldida şarmanda böliş oğir. Ota bolaning çin ma’noda sohibi, hamma jihatdan bolasiga egalik qiladi: bolaga erkinlikni, mustaqillikni ham his ettiradi; ham nazoratda ekanini bildiradi; bu nazorat bolaga bölgan e’tibordan ekanligini sezdiradi. Ota heç qaçon farzand oldida tili qisiq emas. Farzanddan özini past holda tutmasin. Bola ösmirlikka yaqinlaşgdan siyosat jiddiylaşadi, bola mas’uliyat nima ekanini sezişni boşlaydi.

(Davomi bor)

Akrom MALIK

2 680marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    BIRINÇI BOB

    OILA HUKMDORI — OTA Ikkinçi fasl Otaning axloqi Ota oilaning barça yukini yelkasida kötaradigan ustundir. U buni çuqur anglaydi. U gözal axloqni özining boş tamaliga aylantiradi.…

    2 daqiqaMumtoz oila

    BIRINÇI BOB

    OILA HUKMDORI — OTA Birinçi fasl Otaning maqomi Otaning maqomi heç qaçon bahs qilinmaydi. Ota oilaning rahbari. Uning sözi — söz. Uning ra'yiga qarşi boriş mumkin emas. Uning…

    2 daqiqaMumtoz oila

    Muqaddima

    19-asrning oxiriga kelib dunyoning barça burçaklarida eski qadriyatlarga zarba beriş boşlandi. Bu hatto uruşlar şaklida sodir böldi. Biz uruşlarni siyosiy sabablarga boğlaymiz,…

    3 daqiqaMumtoz oila

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.