Til

Mumtoz oila

UÇINÇI BOB

UÇINÇI BOB ÖĞIL

Törtinçi fasl Kenja öğil

Ertaklarda kenja botirlarga alohida imtiyoz beriladi: omadi keladi, işi yurişadi, ajdaholarni öldiradi va hokazo. Xalqda supraqoqdi degan gap bor, bu yoşi ulğaygan ota-onalarning dunyoga keltirgan kenja farzandlarining nomidir. Kenjatoyda bir qança xususiyatlar borki, bu undan kattalarda topilmaydi: avvalo, ota-ona kenjatoyni dunyoga keltirişda ança hayotiy tajribalari oşgan böladi; bola tarbiyalaşga, parvarişlaşga ham usta bölib qoladi; köpinça, kenjatoy tuğilganda kattalar katta bölib, maktab, dorulfunun va işlarga ketib, hovli huvillab qoladi. Ana şu vaqtda kenjatoy juda asqotadi: ota-onaga ermak bölib turadi, to katta aka uylanib, nevara kelguniça oy-u kun kenjatoyga tuğib turadi. Bu öz mevasini beradi: kenjatoyda favqulodda erkalik, favqulodda jur’at, favqulodda aqllilik, mehribonlik, ota-onaga yaqinlik, köp holatlarda alohida çiroy ham közga taşlanadi. Kenjatoy akalari himoyasida, katta oilada ulğayar ekan, unda xulqlarning yaxşisi rivojlanmoğiga ham imkon paydo böladi. Kenjatoyga ota-ona özi istasa-istamasa, köproq qayğuradi. Uning hunarlariga toqat qiladi. Keçiradi. Bundan akalar hayron bölmasligi lozim: ular ota-onalari yoş vaqtda tuğilişdi, kenjatoy ota-ona pişganda tuğildi, bu vaqtda ota-ona bağrikeng, keçirimli, ğazablanavermaydigan, sokin tabiat kasb etadi. Oilada bitta erkatoy bölsa, bölibdi-da: kenjatoylarga şunday imtiyoz berilsa, yaraşadi, ular oila davrasiga iliqlik, quvnoqlik berib turadi; ulardagi mustaqillik, dadillik, zehn, xotira, ota-onaga yaqinlik butun oilaning fayzi bölib xizmat qiladi.

Akrom MALIK

1 960marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    UÇINÇI BOB

    ÖĞIL Uçinçi fasl Örtança öğil Örtança öğillarning xos jihatlari – jangarilik (uruşqoqlik deyilsa, biroz dağal çiqdi), ayyorlik, boşqaruvçilik, qattiqqöllik, hunarlarga, savdo va…

    1 daqiqaMumtoz oila

    UÇINÇI BOB

    ÖĞIL Ikkinçi fasl Tönğiç öğil Tönğiç öğillar tabiatan mehribon, köngilçan, bosiq va ğamxördirlar. Ulardagi bu sifatlar tuğma böladi. Deyarli barça tönğiçlar murosali, ehtiyotkor,…

    2 daqiqaMumtoz oila

    UÇINÇI BOB

    ÖĞIL Birinçi fasl Öğilning sifati Bir oilada öğil bölib yaşaş naqadar şaraf bölsa, şu qadar ulkan mas’uliyatdir. Öğil – sulola davomçisi. Umidlar çiroği. Oilaning quvvati.…

    2 daqiqaMumtoz oila

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.