Til

Mumtoz oila

UÇINÇI BOB

UÇINÇI BOB ÖĞIL

Beşinçi fasl Aka-ukalar

Aka-ukalar uruşmaydilar. Ular hasadgöy emaslar. Ular özaro mehribon, hamkor, sohibi himmat. Akasi ukasiga qilgan yaxşiligini hisoblamaydi. Ukasi akasi uçun yordamini minnat qilmaydi. Aka-ukalar bir-birlarini aslo çetda qoldirişmaydi: ular yiğilib, ota-onaga sovğalar hozirlaşadi; yiğilib bir-birlariga ulov, uy olişadi; bir-birlariga yaxşilik qilişda musobaqa qiladilar. Bu qoidaga hamma birdek amal qilsa, hamma rozi va xuşnuddir. Agar bir tomon amal qilib, bir tomon mas’uliyatsizlik qilsa, iş buziladi. Aka-ukalar hamişa birdam bölib, bir-birning xatolarini keçiradi, fe’lini kötaradi, aka arava minganda uka yerda qolmaydi; uka ulovda uçarkan, aka piyoda bölmaydi. Uka hatto akadan yuz-köz xotir qilib, ulov mina olmaydi: akamdan avval qanday qilib deya öylaydi. Avval akam, keyin men deydi. Aka ham eng yaxşi narsalarini ukaga ilinadi. Aka-ukalar orasiga xusumatni ayollar solişi mumkin, şul sababdan aka-ukalar öz xotinlariga jigarlarini ğiybat qilmaydilar, akam, ukam deb oğzidan bol tomadi. Farzandlariga amaking mening örnimga ota deb uqtiradi. Aka-uka bir-biriga yordam beriş uçun yer yuzining istalgan burçidan yetib kela oladi. Aka-uka özaro ittifoqdan baxtiyorlik tuyadi. Aka-uka eng birinçi yaxşilikni bir-biriga ilinadi. Aka-uka ota-onani xafa qilmaslik uçun özaro nuqsonlarini berkitib, ota-onaga faqat yaxşilik, gözallik körstadilar. Aka-ukalar oralaridan adaşgan kimdir çiqib qolsa, mehr va şafqat, tarbiya va tanbeh bilan töğri yölga qaytara oladilar. Aka-ukalar farzandlarining ahil-inoq bölişlari uçun şaroit yaratib, bir-birlarinikiga tez-tez mehmon bölişadi. Haşarlar uyuştiradilar. Aka-ukalar orasidan qil ötmaydi. Aka-ukalar ittifoqi olamlarni fath qiladi, adovati jahonlarga öt qöyadi. Aka-uka bir-biridan aslo keçmaydi, olamda aka-ukadan yaqinroq qaysi qondoş bor yana?! Akaning tanbehi, yöriqlariga uka itoat qiladi, akaning amri uka uçun ota amri örnida. Uka akaning sözini yerda qoldirişdan hayo qiladi. Aka ukaga hamişa boş va heç qaçon uni öz holiga taşlamaydi. Aka ukaning oilasiga, uka akaning oilasiga ham murabbiy, ham boşqa zarurat jihatlar ila ğamxör va mas’uldir.

Akrom MALIK

2 860marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    UÇINÇI BOB

    ÖĞIL Törtinçi fasl Kenja öğil Ertaklarda kenja botirlarga alohida imtiyoz beriladi: omadi keladi, işi yurişadi, ajdaholarni öldiradi va hokazo. Xalqda supraqoqdi degan gap bor, bu…

    1 daqiqaMumtoz oila

    UÇINÇI BOB

    ÖĞIL Uçinçi fasl Örtança öğil Örtança öğillarning xos jihatlari – jangarilik (uruşqoqlik deyilsa, biroz dağal çiqdi), ayyorlik, boşqaruvçilik, qattiqqöllik, hunarlarga, savdo va…

    1 daqiqaMumtoz oila

    UÇINÇI BOB

    ÖĞIL Ikkinçi fasl Tönğiç öğil Tönğiç öğillar tabiatan mehribon, köngilçan, bosiq va ğamxördirlar. Ulardagi bu sifatlar tuğma böladi. Deyarli barça tönğiçlar murosali, ehtiyotkor,…

    2 daqiqaMumtoz oila

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.