Mumtoz oila
UÇINÇI BOB
UÇINÇI BOB
Oltinçi fasl Yigitlarga maktub
Yigitlik – insonning eng gözal davridir. Yigitlikdagi ğayrat, şiddat, tafakkur va taxayyul keyin qaytmaydi. Oğriq, kasallik va toliqiş neligini vujud bilmaydi. Yigitlik butkul şavq va zavqdan iboratdir. Yigitlikda şöxlik va işrat, öyin-kulgu va raqs, uruş va janjal, qurol va yaroğ – hammasi yaraşadi. Hazrat Navoiyning asarlarida ta’kidlanganidek, yigit suv içib topgan lazzati qariganda topilmaydi. Yigitlikda suv ham şirin va lazzatlidir. Yigitlik inson umrining poydevoridir. Yigit öşa poydevorni töğri va mustahkam qilib qöyiş haqida öylamogi lozim. Bugun ölçovlar buzilib, inson ildizlardan uzilgan bir fursatda yigitlarga aytarimiz bu: 1. Xayolingizni har xil nopok xayollardan toza tutmoqqa urining. Uni turli kinofilm, klip va qöşiqlarning ovozi hamda tasvirlari ila töldirmang. Xayolning keraksiz öylar bilan tölib qolişi fikrni çuvalaştirib, töğri qarorlar qabul qilişga xalal yetkazadi. 2. Özingga kamroq mahliyo böl. Aynan yigitning öz husni va qomatiga haddan oşiq mahliyo bölmoği uni ğaflatga taşlaydi. 3. Kasbing va erişadigan narsalaringni – maqsadingni aniqlab ol. Şu maqsadga yetiş uçun rejali harakat qil. 4. Mol-dunyoni birinçi öringa qöyma. Agar qalbingda haşamat va pulga, mol va dunyoga sevgi kuçayayotganini sezsang, tezda özingni öngla. Insoniylik va mardlik har nedan qimmatdir. 5. Köplab yigitlar nafslariga ergaşib, adabsiz va axloqsiz işlar bilan maşğul. Ular haq sözni qabul qilmaydilar. Ularda ikkilaniş, şubha va zaiflik bor. Zaiflikki, bu matonat va qat’iyatning teskarisidir. Köplab yigitlar kunlarini tartiblab olomaydilar. Keçalari uxlamay, kunduzlari uxlaydilar. Işlarida tayin, vaqtlarida unum yöq. Sen unday bölma, ey yigit, xufton namozidan keyin darhol uxla. Şunda bomdoddan avval uyğonasan. Heç bir uçraşuv hamda işingni xuftondan keyinga qoldirma. Mana şu tartibni hayotingga joriy qilsang, butun umringga, kuçingga va nafsingga ega çiqasan. Şuni eplay olmasang, muşukvaçça kabi öyinçoq bölasan. 6. Şahvat qarşisida ojiz qolma, hirsingni yeng. Unga ongli kuraş. Közing, quloğing va xayollaringni fahşdan saqlasang, butun vujuding pok böladi. Lattalik qilma. Şaytonga yengilma. 7. Kam gapir va köp işla. Mehnatdan çöçima, ahmoq bölma, hisob-kitobga qat’iy qara, sinamay işonma; yakka böri bölişdan qörqma; keraksiz narsalarni olma; haq bölsang, çekinma; yolğon gapirma; muammolarni zarar yetkazmaydigan şaklda hal qilişni örgan va kattalar bilan maslahatlaşişdan qoçma! Özingni hamişa çetdan fikr va tahlil, aql va tadbir bilan ta’qib et. Şunda ravon yurasan, yiqilmaysan. Uşbu maktub yigitlik yillarini şamollarga sovurgan va yoşligini köplab xatolar ila isrof qilgan bir beçoraning qalamiga mansub, men xato qildim – sen qilma. Sen inson farzandi, sen musulmon farzandi, öz farzandim kabi aziz va muhtaramsan, nasihatlarimni yodlab ol va amal qil, Xudo xohlasa, hayoting eng töğri özanga tuşadi va töğri yöldan çiqib ketmaysan.
Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.