Kimdir xabar keltirsa, darhol işonib ketiş yaramaydi. Köngilga kelgan har bir gumonni ham tez tilga çiqariş…
Kimdir xabar keltirsa, darhol işonib ketiş yaramaydi. Köngilga kelgan har bir gumonni ham tez tilga çiqariş ma'qul iş emas. Ahamiyatsiz gaplarni gapirgan odamning ruhi sinadi. Istalgan va kutilgan xabar kelsa ham, töxtamoq lozim. Balki u rost bölmasa-çi? Albatta, xabarning manbasini tekşirmoq zarur. Bayon etilgan voqelikning ikir-çikirlarigaça bilmoq kerakki, haqiqat yuzaga çiqsin. Albatta, şu haqiqatga inson juda ham muhtoj bölsa. Çunki olamdagi juda köp haqiqatlarning odamzodga keragi yöq. Masalan, döstning ğiybati, qöşnining daromadi, birovning gunohi... kabilarni bilişdan kişiga foyda yöq. Kimdir xato qilgani haqida biliş ham zarar, çunki xatokor tavba qilsa, xatosi qilinmagandek yopiladi; uni bilişning biror manfaati qoladimi şunda? Biror hodisaga qarab, undan keyingisini aytişning xayri yöq. Modomiki, uni aytişdan biror foyda bölmasa. Agar köngil biror muhim voqelikni his etsa, belgi va alomatlar uning sodir bölişidan xabar bersa va uning sodir bölmoği insonlar hayotida nimanidir özgartirsa, ana şu hodisaga tayyorgarlik köriş uçun uni taxmin ma'nosida söylamoq maqsadga muvofiq. Odamni öldirsa, keraksiz sözlar öldiradi. "Har eşitganini gapiraveriş kişining yolğonçi ekaniga dalildir". "Gapirsang, yaxşi gapni ayt, yöqsa, jim böl". "Sukut qilgan, omonlikdadir". "Biror fosiq xabar keltirsa, uni, albatta, tekşir".
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.