Insonlarning aybini oçişga öçlik – insonning tuban sifatidir.
Insonlarning aybini oçişga öçlik – insonning tuban sifatidir. Aybjö – odamlar aybini körguvçi. Aybgö – odamlar aybini aytişni kasb qilgan kişi. Ğaflat yaraşimli sifat emas, lekin odamlarning nuqsonlarini körmaganga oliş zarur. Xalqning ayblari qarşisida bir qadar ğofil suratida bölmoq kerak. Insonlarda kamçiliklar ikki turlidir: tuzaladigan va tuzalmaydigan. Tuzaladigan nuqsonlar ham ikki qismga ajraladi: darhol tuzaladigan va uzoq vaqt davomida tuzaladigan. Ayrim xatolikni oqil inson dakki eşitgan paytidayoq önglaydi. Ayrim nuqsonlarni bartaraf etiş uçun yöriq, maslahat, yordam zarur. Biror kişidan ayb körinsa, körgan odam bu kamçilikning tuzalişi qança vaqt olişi haqida öylamoği kerak. Agar hoziroq tuzalmasa, uni isloh etaman deb ham öşa ayb haqida egasiga aytmaslik lozim. Çunki uzoq vaqtda tuzaladigan ayblar ham uç turli böladi: birinçisi nasihat va tuşuntirişlar natijasida tuzaladi; ikkinçisi hayotiy tajribalar hamda vaqtning ötişi bilan tuzaladi; uçinçisi faqat nazorat va qattiqqöl tarbiya bilan tuzaladi. Eng qiziği, odam bolasining aksar nuqsoni tuzalişi uçun uzoq muddat, nasihat, vaqt hamda tarbiya zarur. Kamdan kam odamlar birinç tanbehdayoq nuqsonini tan olib, tuzatadi. Aksinça, odamlar öz xatosini aytganni tezda yoqtirmay qoladi. Xoh ortidan aytilsin, xoh yuziga. Bu holdan kelib çiqadiki, kişilar nuqsonini foş qiliş kutilgan natijani bermaydi. Agar kişilar bir-birlarininh ayblarini tinimsiz foş qilaversalar, u nuqsonlar tuzalmaydi:; avj oladi; meh-oqibat kötariladi. Afzal odam – kişilar aybini vaysamaydigan odamdir. Eng afzali – odamlar aybini körmaydigan kişidir. Undan afzali – faqat özi va öz ahlini isloh qiliş bilan maşğul insondir.
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.