Til

Ahli dunyo – dunyo ahlining ziddi ahli Haqdir. Ya’ni Haq ahli. Ular dunyo bilan işi bölmagan, faqat Haq…

Ahli dunyo – dunyo ahlining ziddi ahli Haqdir. Ya’ni Haq ahli. Ular dunyo bilan işi bölmagan, faqat Haq… — rasm

Ahli dunyo – dunyo ahlining ziddi ahli Haqdir. Ya’ni Haq ahli. Ular dunyo bilan işi bölmagan, faqat Haq tomonda bölgan, öyi, fikri, zikri Haqning sözlari bilan çambarças boğlangan odamlardir. Ahli Haq bu dunyoni tark etuvçilar emas. Dunyoni bir ulov, arava yoki kema sifatida tasavvur etuvçilardir. Bu narsalarning har biri insonning maqsadga yetmoği uçun xizmat qilgan kabi dunyo ahli Haqning maqsadga yetkazuvçi vositasidir. Haq ahlidan bölmoq kambağal bölmoq degan emas. Haq ahli boy-badavlat, obröli, e’tiborli ham böladilar. Ular taxt sohibi ölaroq davlat boşqarişlari ham mumkin. Ya’ni ularning işlari, kasb-u korlari zohiran oddiy odamlardan farqlanmaydi. Ammo içlarida dunyo uçun zarraça ham joy bermaydilar. Alloh dunyoni bersa, suyunmaydilar; olsa, kuyunmaydilar. Ularning ham ayrim sifatlarini körib çiqaylik: — odamlar e’tibor bersalar, e’tibor bermanglar demaydilar; — odamlar yuz ögirsalar, menga e’tibor beringlar demaydilar; — musibat kelsa, qayğuga tuşib nolimaydilar; — yutuqqa erişsalar, eslarini yöqotgudek bölib şodlanib, irğişlamaydilar; — odamlarni haddan taşqari nafrat bilan malomat qilmaydilar yoki haddan taşqari oşirib-toşirib maqtab köklarga kötarmaydilar; — haybatlari yaxşilarning qalbini sururga, yomonlar qalbini vahmga töldiradi; — har kimning söziga inonmaydilar, haqiqatlar ilohiy belgi va işoratlar bilan zuhur qilişini sabr ila kutadilar; — voqelikning suvratiga emas, mohiyatiga nazar soladilar; sözlaşni emas, tinglaşni ma’qul köradilar – sukutlari suhbatlaridan ğolib böladi; — ular maxluqlardan qörqmaydilar, heç kimga zulm va haqsizlik qilmaydilar; — insonlarga qullik qilmaydilar, boşqalarni ham özlariga qul deb bilmaydilar – har kimning erki öz ixtiyorida deya bilib, barça işlarni Xoliqning hukmiga havola etadilar; — ularning holati – vazminligi, viqori heç bir holda özgarmaydi; — ular haqsizlik, zulm, hayosizlik, Xudoning amrlariga teskari boriş bilan aslo va aslo murosa etmaydilar, aslo va aslo rozi bölmaydilar; — ularni heç qaçon dunyo va rizq taşvişiga tuşmaydilar; ular ojizlarga şafqatli, zolimlarga haybatli, muxlislarga himmatlidirlar; — özlariga yetgan aziyatlar uçun qasos olmaydilar va hammani bu borada oson keçirguvçilardir; — ularning ğazabi hilmidan, rahmati va şafqatidan ğolib kelmaydi. Inson Haq ahlining bu sifatlarini bilib, qayta-qayta öqib yodlab olgani yaxşi. Buning ikki foydasi bor: birinçisi, mana şunday xulqli insonlarni körsalar, darhol duolarini oladi, xizmatini qiladi, nazarini topadi, natijada, juda köp yaxşiliklarga erişadi; ikkinçidan özida ham ana şu sifat va xalqlarni şakllantirmoq uçun tirişadi; men kimman degan paytida mana şu tarozini, mana şu talablarni öziga qöyadi va mana şunday inson bölişim lozim deb intiladi.

Akrom MALIK

2 530marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.