Til

Qalbingga nazar sol: u döst xohlayaptimi? Kimdir bölsa-yu, u bilan ğam-qayğuyim arisa? U menga, men unga…

Qalbingga nazar sol: u döst xohlayaptimi? Kimdir bölsa-yu, u bilan ğam-qayğuyim arisa? U menga, men unga beminnat suyanç bölsam deyaptimi? Sirlarimni yaşiradigan, menga yaxşilik xohlaydigan, haqqimga duolar qilib, adaşsam, töğri yölga boşlaydigan döst menga kerak deyapsanmi? Unda bu sözlar sen uçun: iltimos, şoşilma! Avvalo, unday döst faqat bir inson bölişini bilib ol. Ikkinçidan, u döst qiyomatli bölişini unutma. Qiyomatli degani jahanmamga senga hukm qilsalar, sening gunohlaringni ham yelkasiga olib, seni jannatga kirişing uçun Xudoga yolvoradigan döstdir. Bu dunyodayoq ayrim nuqsonlaringni bilib qolib, uni hammaga sotib, oyoqosti qiladigan xoinning xoin xotindan farqi yöqdir. Uçinçidan, atrofingga nazar sol: kim şunday bölişga arziydi? Kimning qalbida döstga ehtiyoj bor? Döst böla oladigan darajada baland maqomli, mard va çuqur fikrli inson köryapsanmi? Va u odam senga mehrlimi? Törtinçidan, şunday odam topsang, beş yil kutişing kerak. Birinçi yil uni örganasan. Uning zaif va kuçli jihatlariga qaraysan: yolğonçi, va’daboz, ikkiyuzlamaçi va sergap, işlarini ölda-jölda qiladigan bölsa, indamay yuz ögirib ket. Bunday paçaqlar bilan hamsuhbat ham bölma. Agar kuzatuvlaringdan uni pok va halol ekanligini aniqladingmi, endi unga moddiy yaxşiliklar qil, oz-ozdan suhbat qur, uning dunyosi bilan taniş. Birga şerikçilik işlarini qil. Lekin özing sir berma. Bu holat bir yil davom etari. Uçinçi yil undan biroz uzoqlaş, söng undan yordam söra; pul ol va beriş muddatini keçiktirib, qiynalgan holatda qaytar. Törtinçi yil unga jiddiy sinov ber: qattiq gapir, xafalaş; ranjit. Agar u bu holatlarga qaramay senga marhamat bilan boqsa, seni tark etmay seni tuşuniş va yöl körsatişga urinsa, demak, sinovdan ötdi. Beşinçi yil uni endi yana qattiq tekşir; barça holatlarni tahlil qil. Umuman, beş yilda hayot ham insonni har tomondan körişing uçun imkon beradi. Qalbi halim, aqli salim, fikri teran, işi halol, fahmi ötkir, şafqatli, öz örnida qattiqqöl, döstga jon berişga tayyor; har doim himoya qilişga şay va uning ham yuragi döst va sirdoşga ehtiyojmand bölsa, ahdlaşmoq, izhorlaşmoq va döstlaşmoq mumkin. Aks holda, soxta döst tuzoğiga tuşasan va halok bölasan. Çin döst topsang, xiyonat körmaysan. Xoinga uçrasang, u seni ikki dunyoda bağringni kuydiradi. Seni sotib, senga yomonlik qiladi; hasad ila sening şa’ningga tuhmatlar uyuştiradi. Sodiqlarga salomlar, xoinlarga Allohning jazosi bölsin!

3 300marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    OLTINÇI BOB

    OILA QURIŞ Birinçi fasl Zarurat Risolamizning asosiy qismiga kirib keldik. Oila quriş – umr savdosi. Har bir yigit va qiz oila quriş uning hayotidagi eng muhim masalalarning biri…

    5 daqiqaMumtoz oila

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.