Dunyo ahli — dunyoni hamma narsadan afzal qöyuvçilardir. "Qisasi Rabğubuziy"da aytilişiça, hali Odam…
Dunyo ahli — dunyoni hamma narsadan afzal qöyuvçilardir. "Qisasi Rabğubuziy"da aytilişiça, hali Odam alayhissalom yerga tuşirilmay turib, Alloh insonlarning ruhlarini yaratib, yer yuziga — dunyo hayotiga yuborib, qaytib kelişni amr etibdi. Odamlar dunyo hayotiga qadam qöyibdilar va aytilgan muddatda bir qismi Xudoning huzuriga qaytibdilar. Bir qismi dunyoda qolibdi. Söng Xudo ularning jannatga yuboribdi va bir tomoşa qilib qaytişni amr etibdi. Bir guruh odamlar jannatda qolibdi va bir qismi yana dargoh izzatga kelibdi. Muallif aytadiki, yer yuzida qolganlar dunyoni sevgan dunyo ahli — kofirlar edi. Jannatda qolganlar jannat ahli — möminlar edi. Xudoning huzuriga qaytganlar Xudoning döstlari, valiylari, xos bandalar, ya'ni Xudoning oşiqlar edi. Xudo ularga neçun jannatda qolmadingiz deb savol berdi. Ular: "Xudoyim, Sen bizga dunyodan ham, jannatdan ham afzalsan. Sening rizoying va jamoling bizga kifoya". Xudo keyin hammaning ruhini amr olamiga qaytardi, söng keyingi voqealar röy berdi: Odam alayhissalom onamiz Havvo alayhissalom ila yerga tuşdilar. Söng navbati bilan ruhlar özlari uçun ajratilgan jismlarga yöl ola boşladilar... Hikoyani şu yerda tugatamiz. Qolganini kitobdan öqiş mumkin. Biz aytmoqçi bölgan gap dunyo ahli haqida. Dunyo ahlini tanib olişning kamida ikki foydasi bor: biz özimiz dunyo ahlidan bölib qolmayapmizmi? Ikkinçi foyda — bu ilm orqali tanib, dunyo ahlidan qoçiş imkoni tuğiladi. Dunyo hali bunday böladi: — ular özlari kabi puldor va moldorlarni sevadilar; — ular odamlarning qadrini ularning mablağlari bilan ölçaydilar, puli köpni köproq, puli kamni kamroq hurmat qilişadi; — dunyolari köpaysa, sevinişadi; kamaysa, qayğuga tuşadilar; — puli köp odamlarga hasad qilib, ularga duşmanlik qiliş rejalarini tuzadilar; — heç qaçon ilm va irfon, ma'rifat va m'anaviyat suhbatiga toqatlari yetmaydi; — olimlar va ilm ahlini pisand qilmaydilar, qalblarining içida ahli ilmga nisbatan mutlaqo muhabbbat bölmaydi, ular ilm ahlidan zarraça haybatlanmaydilar; — ilm ahlining xatolarini körsalar, tahqir qiladilar; — pulni köpaytirmoq uçun pastkaşlik va haromdan qaytmaydilar; — ular qaşşoq va kambağallarni ayblab, ularni mensimaydilar; — boylik va pulni barça yutuqlarning belgisi hisoblab, muvaffaqiyatni pulning köpligi bilan ölçaydilar va bu "muvaffqaiyat"ga öz kuçi, aqli, tadbiri va uddaburonligi bilan erişganiga e'tiqod qiladilar; — dunyo ahlida kamtarlik soxta bölib, heç qaçon xokisorlik çöqqisiga çiqa olmaydilar; — ularning boyligi tortib olinsa, uni qaytariş uçun qattiq kuraşadilar, qaytara olmasalar, ya'ni qaytariş imkoniga aqllari yetmasa, tezda ölib qolişadi; — ular ozgina ehsonlarini katta körsatişadi; minnat qilişadi; — ibodatlarini odamlar közi uçun öqib, öqigan soxta namozi bilan haqiqiy ibodatlilar ustidan kulişga urinadilar; — mol-mulklariga kimdir zarar yetkazsa, qattiq ğazab qiladilar; — eng asosiysi, ular imkon qadar lazzatning hamma turidan bahra olişga hamda bu boyliklari bilan hammani lol qoldirişga butun kuçlarini sarflaydilar; — ular faqat boylik va jismoniy kuçga boş egadilar, şu sababli ularni böysundiriş, sotib oliş, qul sifatida işlatiş juda oson. Köp odamlar millat va din ğamida yurgandek bölsalar ham, aslida pul, şon-şuhrat va mansab ğamida böladilar. Ular aslo haqiqatni qabul qilmaydilar va özlari kabilar bilan jamlanib, boşqalarni eşik ortida qoldiradilar. Ulardan nafrat qilmagan yaxşi, ularga e'tibor sarflamaslik ma'qul; faqat öşalarga öxşab qolmaslik uçun inson öz xulqi ustida mehnat qilmoği, ahli hol, ahlulloh va ahli işq bilan döstlaşmoği mandub. Har kim sevganlari bilan birga tiriladi.
Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.