Hikmat
Qutluğ dargohga kirding,
Qutluğ dargohga kirding,Qadaming muborak bölsin!Qadru qiymatin bilding –Har daming muborak bölsin!***Mehr ulaşmoqdan horima, inson,Unutma, mehr-la olam nurafşon!Jilmayib har kimga salom ber, döstim,Mehrning buloği salomdir, işon!***Baland ovoz ila kulma, ey yigit!El içra ovoza bölma, ey yigit!Eşak hangraşidek xunuk baland sas,Eşak degan nomni olma, ey yigit!***Eng gözal hayot bu – pok bir hayotdir,Poklik aqiydasi hayvonga yotdir.Poklikni mahkam tut, ozoda böl, döst,Hayvon degan laqab senga uyotdir!***Şul haqiqat ayon ming yildan buyon,Bundan boşqa söz yöq borsang har qayon –Hurmat qil insonning zotini, ey döst,Hurmat qilgan hurmat topgay begumon.***Şukur, nafas olib yuribsan soğlom,Ikki oyoğing but, boşing ham omon.Faqat şodlik bilan yaşamoq kerakHamda qadam bosmoq zafarlar tomon!***Siring qalbda qolsin, olamga yoyma,Bölar-bölmas işga qayğurma, kuyma!Insonsan, köp narsa yöqotmoq mumkin,Ammo pok niyatni yöqotib qöyma!Akrom Malik



Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.