Sabr
Senga rahmat, senga taşakkur,
Senga rahmat, senga taşakkur,Senga mehrim, ey mehribon Vaqt!Asta-sekin etding meni hur,Garçi edi bu iş maşaqqat.Qoni qotdi yaralarimning,Oğriqlarim bosildi, şukur.Yuvilgandir qoni — xanjarlarBotgan edi yurakka çuqur.Onda-sonda eslayman noçor,Sançiq berar aççiq xotira.Tezroq çopib vaqt nomli tulpor,Ketsam yana uzoqroqlarga.Vaqt ötmasa der edim bir vaqt,Töxtab qolsa, mayli, der edim.Ammo bugun ne holki, ajab,Tezroq ötsin deyişga keldim.Körinadi iqbol yorişib,Körinmaydi nurlarning çeki.Ammo qarang, baxtimga qarşi,Vaqt degani yurmoqda sekin.Akrom MALIK




Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.