Til

Iymon

Kimdir ketdi, bir söz demay jimgina,

Kimdir ketdi, bir söz demay jimgina,Tark etdilar ölding deya kömgandek.Qolding göyo baxtsiz bölib sengina,Qalbing içra otaş qöqqis söngandek.Azoblardan yurak oğrib otdi tong,Qiynoqlarda joning kuydi beayov.Odammassan degan sirni totdi ong,Ğam çölida qayğu seni qildi ov.Bandasan-da, xato otamerosdir,Otameros — yiğlab qilmoq tazarru.Xudovandim, Senga afv etmoq xosdir,Meni ayla tavba bilan röbarö.Eplolmasam, agar nadomatni ham,Tavbalarim sinsa doim çinniday.Keça-kunduz yegan oşimdir alam,Uyqusirab kezsam behuş jinniday.Aytolmasam eplab hatto istiğfor,Kunlarimni ğaflatlarga men sotsam…Özing meni afv aylagin, Parvardigor,Keçirişga Özing eng mohir Zotsan!Men işimni qilolmasam bexato,Sen işingni qilasan-ku xatosiz!..Yaraşgaymi quling yonsa, hasrato,Bölaturib, axir, Sendek Xudosi!Akrom MALIK
Kimdir ketdi, bir söz demay jimgina, — rasm

3 100marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.