Til

Hayot

Yoş öttiz beşdan bir yilga oşdi,

Yoş öttiz beşdan bir yilga oşdi,Vujudda kamaydi yoşlik kimyosi.Bir vaqtlar jismga öt siğmay, toşdi,Bugun sekin ğolib ruhning hayosi.Balki asta ketib yigitiy junun,Endi vazmin boqar kişilik aqli.Bugun közga ayon adamdan uçqun,Endi sözlamoqqa sukunat haqli.Endi yurak zaif – har sözdan zaxa,Endi oşib-tuşar qonning bosimi.Endi köngil vafo istaydi faqat,Istar dardkaşini – suhbat xosini.Endi vaqtni quvib, tutişga hol yöq,Endi johilona bahsga yöq mador.Dilga sançilmasa deya daydi öq,Vujud xilvatgohda köringay oşkor.Ey şoşqin döstijon, ey jöşqin jism,Neçun tiniming yöq, köp erur jabring?Senga qadrdon deb bermişman ism,Nega sakiynatga könmaydi sabring?Bir onlik umrni loyqalab, axir,Nega zulmatlarni közga yopasan?Bir onlik hayotni şör aylab, taxir,Bu tor jahon içra nelar topasan?Qarşingda turgan bu şikastahol tanKöp çopib, yugurib, bisyor urindi.Oqibat, yelkaga taşladi kafan,Çunki fano degan maydon körindi…Akrom MALIK
Yoş öttiz beşdan bir yilga oşdi, — rasm

2 170marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.