Iymon
Xudoyim, odamiy farzandini heç
Xudoyim, odamiy farzandini heçNokas-u, noşud-u, nonkör aylama.Şaytonga ilaşgan beçoralarniNoqis işlar ila mağrur aylama.Agar nola qilsam, Xudoyim, bu holIsyon-u tuğyondan emasdir mutlaq.Şunçaki, ajzimga keltirib iqror,Tavonsiz holimga yiğlayman, yo Haq!Yegan nonin kimki körmasa agar,Ya’ni nonkörliksiz yaşolmasa kim,Közini kör qilib öymaguningçaUning qöllaridan tutmasin ölim.Birovning nonini yeb körlik qilganKör bölgaç, közlari sitilib oqsin!Bu xarob holiga, fayodlarigaXiyonat körgan zot töygunça boqsin.Non emas qorningni töydirgan oziq,Balki ilm-u irfon, mehr ham nondir.Qay qöldan ne’matlar yesa qaysi qul,Yeganin unutmay qolsa, insondir.Köngil neligini anglasang agar,Har oning pokiza bir sahar bölsin!Agar nonkör bölsang, safaring saqar,Zafaring azobli bir zahar bölsin!Sözini tutsa kim, ahdini tutsa,Şubhasiz, buyuk zot, buyuk mard bölgay.Nafs-u şaytoniga ergaşgan har kimXor-u xarob bölgay, juvonmarg bölgay.Yaxşilik qilgan zot köziga, ey sen,Çöp tiqqan qöllaring kesilgay minba’d.Bunyoding barbod-u, barboding kuyib,Kul bölib olamga soçilgay albat.Gar şohning zodi böl, xoh behlar zodi,Istalgan maydonda aylagil javlon,Seni quvib yetgay mazlumning dodi,Ölmassan yutmasang laxta-laxta qon.Kör közing oçilmas, vallohu a’lam,Karlarga uvoldir har qanday hikmat.Illo yaxşilarning boşidan mudomYoğib turgay Haqdan mağfirat, rahmat.Çorasiz qullarga qölini çözgan,Ey siz, sodiq zotlar, yoruğ – yölingiz.Eng sara bandalar safida, omin,Ikki dunyo içra sarvar bölingiz.Akrom MALIK




Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.