Til

Sevgi

Toki oşiq böldim, Senga, ey ma’şuq,

Toki oşiq böldim, Senga, ey ma’şuq,Işqning çöqqisiga çiqmoq istaram.Vujudim qoplasa közing otgan öq,Ohim-la falakni yoqmoq istaram.Sensiz bir lahza ham könglim yozilmas,Sensiz bu olamning zavqi sezilmas.Har qança bayt aytdim – xumor bosilmas,Işqing daryosida oqmoq istaram.Dunyoning taşvişin bilmasa aqlim,Heç dono sözlarni aytmasa naqlim.Butun vujudimni egallab qalbim,Koinot bozorin yiqmoq istaram.Qaydan keldi bilmam – yana bu savdo,Sening yöllaringda men soyil gado.Könglimning tubida birgina sado –Sening isming bilan qolmoq istaram.Sen bölsang. Men bölsam. Boşqa bölmasa,Na ğam, na quvonç – heç bir kelmasa.Vaqtning daryosi ham aslo tölmasa,Faqat işqing bilan tölmoq istaram!..Qaçon közlarimni ravşan etgaysan?!Qaçon işq lavhiga sözing bitgaysan?!Qaçon visol jomin menga tutgaysan?!Sening qöllaringda ölmoq istaram...2024Akrom MALIK

2 050marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.