Hayot
Hayot dengiz ekan. Men bitta kema.
Hayot dengiz ekan. Men bitta kema.Gohida uyğonib şiddatli töfon,Toğ kabi tölqinlar vujudim kömar...Sokin kunlar şunday oladi ölpon...Kema dedim zaif tanamni çunkiUzoqqa çözilgan safarlarim bor.Bazör yuragimda kötarib yurganYana oğir-oğir langarlarim bor.Safarimning nomi — umrdir, ey yor,Qaçon tugaşini bilmasman, hayhot.Langarim gunoh deb atalagan, ey voh,Uni sudraşdanmi iborat hayot?!.Javdirab dengizning örtasida men,Qörqib qahri qattiq töfonlardan hamTuşovdek langardan qutulolmay heçManzil sari mungli boqib puralam —Yöldoş şamollarga köz tutdim ğarib,Şoyad kelsa deya ğaybdan bir imdod...Közimdan oqmişdi qon — yutdim ğarib,Köksimdan daraxtdek yuksaldi faryod...Ösa-ösa daraxt qopladi butkulKemaning sahnini, yelkanlarini...Kördim qayiqlarda suzgan neça qulTikan daraxt bölmiş deganlarini...Oğriqlar kemani qiynadi uzoq,Langar oğirlaşdi kundan kunsassiz.Manzilga yetmasdan çökkaymanmi oh?!.Buni qaydan bilsin temirlar hissiz?!.Ammo ğaflatimga iqrorman, yo Rab,Bexabar qolgandek öz ahvolimdanIçimni töldirib azobli yaraFaromuş qolmişman nur jamolingdan...Agar sen etmasang qulga inoyat,Qayda qilar edi öz holin ayon?!Hatto yiğlaş uçun topmay heç quvvatKuldek soçilarda yelga parişon...Karam etganing-çun söyladim, Tangrim,Yordaming-la etdim holimni ifşoÖzing Mehribonim, Özing al-Kariym,Dard-u ğamlarimga bergaysan şifo!..Akrom MALIK8 iyul, 2023 yil.
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.