Hayot
Vaqt sassiz yuradi şoşmay, purviqor,
Vaqt sassiz yuradi şoşmay, purviqor,Kötarmas heç qaçon şovqin yo çöqmor.Özingni sezasan kundan-kun haqir,Har kun yuragingga yoğib turar qor.Kenglikka yoyilib ketgandek tutun,Sandonda yeyilib ketgandek butun,Sözlardan voz keçib, yumasan közni –Dunyo osmonida körmagaç ustun.Bil, sen ham bir uyum köç bölib qolding,Oqibat, mehrga öç bölib qolding.Mağzim töq deb aytgan sözlaringga ters –Sinovlar qölida puç bölib qolding.Öylamasding ilon çaqmasmikin deb,Yo kökdan öt tuşib yoqmasmikin deb.Bugun yelkang bukib qadam bosasan –Boşimga yana toş yoğmasmikin deb.Hatto qiziq emas – olamdagi gap,Turfa fe’lli bani Odamdagi gap.Zotan, angladingki, bugun mos kelmas –Keça bölgan bayram, motamdagi gap.Hayot – tajalliylar gulboği erur,Xulqing – işlaringning buloği erur.Işlaring taqdirning qiyofasidaHar on şiddat ila qarşingdan kelur.Demak, özing – xasta, şifo kerakdir,Özingga özingdan ifşo kerakdir.Bor özing özingga qöşin tortib senVa yenggin – özingga podşo kerakdir.Gohida tuz yurib, goh ozmoqdasan,Hayot kitobingga söz yozmoqdasan.Bu qörqinç, lek buyuk şarafli safar –Özliging içinda yöl bosmoqdasan.14 avgust, 2024 yilAkrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.