Til

Sevgi

OŞIQLARGA

Sevdingmi, yonişga rozi böl-da, sev,Özingdan tonişga rozi böl-da, sev.Janozangni öqib, avval öl-da, sev,Yöqsa, alangada tura olmaysan,Bu yölda it kabi hura olmaysan.Tobutga jismingni solib yubor, sev,Özingga nom qöyib: haqir, ğubor, sev,Boşingga hadya qil: kunda va dor, sev,Yöqsa, kuydirganda kuyinding çiqar,Labingdan oh degan yuvinding çiqar.Yor yotga iltifot qilgay mudom, sev,Sening bağringni-çi, tiğsiz tilgay, sev,Yana holing körib şodon kulgay, sev,Yöqsa, bundan boşqa işq ham yöq-da, döst,Işq dilga sançilgan oğu öq-da, döst.Yor seni sevdim deb, vafo qilmas, sev,Vafo qilsang, ğayri jafo qilmas, sev,Senga adaşib ham qiyo boqmas, sev,Yöqsa, bundan boşqa yöl berilmagan,Bunday azoblarsiz yöl yurilmagan.Yor seni qatl etar, maqtul böl-da, sev,Yor senga zulm etar, maqbul bil-da, sev,Yor senga hukm etar, bir qul böl-da, sev,Bu qullik şohlikdan afzal bölgaydir,Bu qatl ila işq mukammal bölgaydir!Akrom MALIK

8 860marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    SEN KABI

    Sen kabi heç kimni qalbim Öziga sirdoş deb tutmadi.

    Sevgi

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.