Til

Hayot

Baqosizdir jahon ra’nosi, valloh,

Baqosizdir jahon ra’nosi, valloh,Jahon ra’nosi yöq, ki mosivalloh!Alişer Navoiy hazratlariDunyo göyo yaşaş uçun gözal göşa,Öylab boqsang, jannatga ham ketar öxşab.Ne-ne rijol — er zotlarga ma’şuq öşa,Nikohiga kirib olgan nozi bilan.Lek ajraşmoq imkoni yöq qozi bilan.Qoş-közini suzib turgan suluvmi u?!Xayolingni buzib turgan suluvmi u?!Orqasidan yugurganlar suruvmi bu?!Quçoğida mast bölasan, çiqolmaysan,Kuraşlarda past bölasan, yiqolmaysan.Qizğanasan har bir kasdan yaşirasan,Ba’zan ketsa esing, maqtab oşirasan,Visoliga özini ham şoşirasan,Özin tortsa, oyoğiga yotib yiğlab,Zahar bersa, asal deya totib yiğlab.Dunyo deya atalgan bu parivaşniKözlaringni öynatguvçi bu sarkaşni,Hirsu şahvat ila bölma unga taşnaĞofillarga Xudo qilib berdi çöri,Balki ular Xudo bildi qurib şöri.Qalbing töla hayajonu hislar bilan,Qanday gözal degan turfa hirslar bilanRumu Parij, London degan qizlar bilanTaniş, ammo dunyo oddiy fohişadir,Kir bölgani qalbing şaffof bir şişadir.Binolari, köpriklari, soatlari,Soatlarga boğlangan har odatlari,Esing olsa, şuldir katta ofatlari,Xudo zikrin qöyib kimga dil boğlading?!Jilpanglagan qaysi qiz-la vaqt çoğlading?!Suratini olib unga parvonasan,Sevib, butga siğinganday devonasan,Aqling yöqki, bu işingdan sen tonasan,Sevmasang gar, şunday yonib yelarmiding?!Seva-seva suratlarga olarmiding?!Mayli sevding, qolsa edi, koşki pinhon,Ul sevgini olamlarga qilding doston,Köz-köz qilib, deding: “Körsin yaxşi-yomon”,Xuddi suyib maqtangandek çörisini,Körsatgandek el-ulusga şör işini.Mayli, goho majbur bölib safar qilgil,Safarlardan turli-tuman samar qilgil.Lekin dunyo sevgisidan hazar qilgil,Şunda noming er böladi erlar içra,Duşmanlaring eşitganda turar titrab.Dunyo degan fohişani, sevmagin, qöy,Ne-ne erlar töşagini gullatgan ul.Dunyo uzra xoja bölu, bölmagil qul,Uluğlardan qolgan ibrat şuldir, döstim,Bu nasihat jannatdan bir guldir, döstim.Akrom MALIK

5 700marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    TÖRTLIKLAR

    Qalbimda muhabbat olovi gulgun, Kuydirib ruhimni poklar kundan kun.

    Sevgi

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.