Til

Sabr

Yoş ayol. Yoş ona. Qalbida iymon,

Yoş ayol. Yoş ona. Qalbida iymon,Kanda qilmas aslo beş vaqt toatin.Lekin mudom erdi jigar-bağri qon,Ğamsiz ötkazolmas biror soatin.Qorparça umridek quvonçin umri,Qayğusi bulutdek qoplar olamni.Har kun kun ötkazar nola simirib,Sira ketkazolmay mavhum alamni.Bir kun Xudo unga qildi röbaröUzoq yil yaşagan keksa ayolni.Gap-sözida hikmat soçib turar böy,Ul juvon söradi şunday savolni:“Neçun bu taqdirning qazosi aççiq,Neçun hayotimda tugamaydi ğam?Doim yuragimda sitamli sançiq,Biror sevinç bormi, axir, menga ham?!”Taassuf körindi kampirning nogohAjin töla yoruğ yuzida ilkis.“Qizim, qilaverma bunçalar oh-voh,Hayot yöli aslo keçmagay tekis.Bilki, bu hayotning har oni sinov,Heç kim xoli emas – na erkak, xotin.Turmuş deganlari – bu koni sinov,Ammo sabr qilsang, topgaysan oltin!Agar qayğulardan istasang xalos,Senga bayon etay hikmat bebaho:Eng avval qalbingni pokla, iltimos,Çirkin xayollarni kirgizma aslo!Söng bas qil nafratu manmanlikni sen,Insonlar ozorin unutgil butkul.Sabru şukur ipin mahkam uşla, teng,Öz aybingni taftiş qilmoqni ham bil.Kimdandir oğrinsang, ğazab soçma, bas,Balki xato senda, qilib kör gumon.Tilning joyi erur, aslida, qafas,Tilingning erkini çeklagil çunon!Er erur xotinga bamisli podşoh,Podşohingga aslo isyon aylama.Yöqsa, joying bölur vayl nomli çoh,Baxting gulzorini xazon aylama.Agar ering sendan ekan norizo,Quvonçu farahdan mutlaq yuzing bur.Çunki bu ilohiy qonundir, XudoErning rizosiga yaşirgandir nur.Agar sözlarimni bilib bir kema,Suza olsang unda baqadri toqat –Ğamli hayotingga yasab xotima,Topgan rizqing bölur baxtu saodat!”Akrom MALIK

4 020marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.