Til

Hikmat

Iştiboh daştini sargaşta kezib,

Iştiboh daştini sargaşta kezib,Bir ahli hikmatga yöliqdi yigit.Könglida samimiy ehtirom sezib,Dedi: “Odamzodni yengadi muhit.Ammo bas kelmoqning imkoni bormiMuhit tölqiniga olamda, hayhot?!Yo muhit hamişa jonga ozormi,Najot bölmagaymi insonga nahot?!”“Qat’iyatdan yiroq, e’tiqodi sustOdam muhit uçun yem bölgay, albat.Kimki iymon ila bel boğlasa çust,Qat’iyati dardga em bölgay albat.Ya’ni yillar ötgay, oylar ham ötgay,Malomat tözonin çangida qolmas.Daryolar ham ötgay, soylar ham ötgay,Alaçalpoq muhit rangida qolmas.Ya’ni uzoq yoqib imtihon öti,Dildan ketib borgay nifoqning zangi.Oqibat, ul zotnig etagin tutib,Unga uyğunlaşgay muhitning rangi.Ammo kuraşmoqqa kimda bor toqat,Qamalga har kim ham bera olmas doş.Millionlar muhitga egilgay, faqatBir kişi töfonga berolgay bardoş!”Yana savol berdi navqiron odam,Javob zalvoridan oğir öy bosib:“Qaysi inson şunça azob bölsa ham,Ğalaba qilmoqqa bölgay munosib?..”“Tinglamoq qanday soz, fikr etmoq gözal,Qilmaslik haq sözga zarra e’tiroz!Bu jumboq azaldan qilinmişdir hal:Ğolibdir hayotda kim tutsa ustoz!”Akrom MALIK

3 070marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.