Hayot
Magar döst böldingmi biror mard bilan
Magar döst böldingmi biror mard bilanAslo qolmagaysan holidan ğofil.Eng avval vafoni Xudodan tilan,To döstlik naxlidan topgaysan hosil.Agar döstman degan hafta, oy ötib,Seni xotiridan qilgaydir unut,Endi sen ham mutlaq olisga ketib,Xilvatda yolğizlik riştasini tut.Yordamingga dösting muhtoj bölsa gar,Toki tanang içra bor ekan majol,Har ne xizmat bölsa, jon ila bajar,Joning çiqsin, ölgin, lek olma malol.Falak aylanadi sendan besöroq,Goho ojizliging kelgay muzaffar.Döstning yordamiga sezib ehtiyoj,Ostoniga borsang boş egib agar,Musibat közingni aylamasin kör,Muhtojlik aqlingni olmasin, alhol.Agar döst degani jilmayib bazör,Kelişingni olsa zarraça malol,Etagingni yiğib esing borki to,Bu "döst"ga dardingni abadiy aytma.Mayli, joning çiqsin, ölginu ammoBunday kas qoşiga heç qaçon qaytma!Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.