Sabr
Butun olam voz keçib ketgan oğir fursatda,
Butun olam voz keçib ketgan oğir fursatda,Tuhmatlarning tiğidan yurak oğrir fursatda.Non yeganlar joningga xanjar urgan fursatda,Jon deganlar sen uçun dorlar qurgan fursatda.Köngillar iştibohga boy berilgan fursatda,Şayton atrofda şodon, xöp kerilgan fursatda.Umid niholi qaqşab, suv istagan çoğlarda,Qayğu deya atalgan qop-qoronğu çohlarda.Işonçlar poydevori darz ketib beixtiyor,Iblisning laşkarlari bayram qilsa baxtiyor.Haqni rahmati turib, ğazab talab qilsalar,Haqni jannati turib, azob talab qilsalar.Sendan bölak har bir kas özni avliyo debon,Peşonangga bitilgan sözni sim-siyoh debon.Boşingga ağdarilsa, dunyoning toğu toşi,Botsa nogahon porlab turgan döstlik quyoşi.Ikki holni körgaysan hayoting maydonida,Biri qilmişlaringda, biri döstning jonida.Kimga etding, ey şörlik, zulmu jabr, eslagil,Kimga içingda qazding sen ham qabr, eslagil.Kimga berding azoblar qasddan jaholat ila,Endi özing zanjirda – yiğili holat ila.Sen kimni anglamading – seni anglamadilar,Sen kimni tinglamading – seni tinglamadilar.Qay işda haddan oşding, haddingni unutganding,Qay işda nafs amrini beixtiyor tutganding?!Barçasin yodga keltir – tavbaga yuzlan, banda,Nomang sahifasida çin dildan izlan, banda.Gar kimdan körgan esang behuda oğriq, azob,Seni uni keçirgaysan, Seni keçirsin Tavvob.Sening nomingni kimdir oq deb aytmasa, kuyma,Nomingu şoningni gar pok deb aytmasa, kuyma.Boşingni sajdaga qöy, kuyib çekkaysan nola,Har işni Xudovandga butunlay qil havola.Ikkinçi hol şuldirki, döstman degan qaysi mard,Boşingga yoğilganda bu qadar dahşatli dard,Yoningda bölgaymikin işonçu ahdi ila?Himoyat etgaymikin şiddatu şaxti ila?Döst degan, eng avvalo, şa’ningga qalqon bölgay,Tiğlarga köksin tutib, vujudi alvon bölgay.Seni körsa gunohda qaytargay, duo qilgay,Xudoga yolvorib köp, söziga vafo qilgay.Har ne bölsa, bölsin, döst, dunyoning işi şuldir,Dunyo degan qalbingni muhabbat bilan kuydir.Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.