Til

Sevgi

Endi bil, ey sevgili, otaşingda yonmasman,

Endi bil, ey sevgili, otaşingda yonmasman,Otaşda yon desalar, boş tortgayman, könmasman.Eslasang ham har kuni maktub bitmagaydurman,Ham yodu, ham tuşingdan aslo ketmagaydurman.Har qança olis qoçgil, ergaşgayman soyangday,Özing yozib, har kuni öqiydigan hikoyangday.Yöqlab, xoh malomat qil, istasang, salomat qil,Qoşimga kel deganday turfa xil alomat qil.Xohla, balki kelgay deb eşigingni yopmassan,Bormagayman, öylanma, huzuringda topmassan!Kel deya izzat ayla, yugurib xizmat ayla,Mehmoning bölmagayman, har ne azimat ayla.Men uçun yöllar bosib, to meni izlamassan,Diydorimni soğinib, to yiğlab bözlamassan!Soyamni ham men senga ravolar körmagayman,Ölikmi, tirikmi deb, holingni sörmagayman!Akrom MALIK

3 090marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.