Til

Iymon

Olamni yaratgan çoğda Xudovand,

Olamni yaratgan çoğda Xudovand,Insonning qalbini ayladi mehvar.Ya’ni yer yoyildi, kök böldi baland,Faqat köngil uçun bitdi bu samar.Osmon yetti qatdir, yer yetti qavat,Samoning ustida jannat jilvagar.Xudoning qahridan tilagay şafqat,Kuyib yer ostida jahannam magar.Qança inson bölsa, balki undan köpJinlar zamin uzra umrguzaron.Har qavat osmonda bölib talatöp,Malaklar toatdan töxtamas bir on.Arşning örtasida baytul ma’mur bor,Tavofga şoşilar xayli maloyik.Kursi, lavhu qalam undan yuqoriMuhtaşam, Xudoning hukmiga loyiq.Agar yeru osmon bölsa bir uzuk,Uni taşlab qöygil sahroga tamom –Közga köringaymi, fikr etgil tuzuk,Arş şunday uluğdir, şaksiz, begumon.Butun koinotu, jannatu dözax,Gar kursi, gar arşdir, gar lavhu qalam –Barçasini jamla, ey köngli farah,Xayoldan çiqarma bir zarrani ham!Yodda tut adadsiz fariştalarni,Esla jin olamin – qanday keng erur.Odamlarni keltir bu dam aqlingga,Kim şodu, kimlarning holi tang erur.Mursalu anbiyo – yuz mingdan ziyod,Olamni titratgan sulton, şohlar-çi?!Haq şavqida yongan sidq etib bunyod,Valiylaru ular çekkan ohlar-çi?Qara, qanday ulkan saltanati iz,Qanday mukammaldir bu ilohiy mulk!Har qança xayol et, bölgaysan hargiz –Agar zavq tuymasang, murdayu ölik!Şunday çeksiz san’at, bu ilmu hikmatSifoti ilohdan qaynab çiqqan ul.Tingla, ey bedor qalb, sohibi himmat,Barçasidan murod maqsud erur şul –Ya’ni köngil erur olamga yurak,Haqning san’atining ruhidir köngil.Ammo köngil sirin anglamoq kerak,Dilsiz insonlardan uzoq tur, töngil.Gar Haqni tanisa, iymonga tölsa,Muhabbat şavqidan tölğansa mudom –Yo Haq deya yiğlab, yo Haq deb ölsa,Öşal yurak ismi köngildir, tamom!Öşal köngil erur olam markazi,Butun samovotdir unga parvona.Faqat Haq bilandir uning nafasi,Unga butun dunyo erur begona.Öşal köngil bilgay Zoti Haq uçunBarça yaratiqlar, zarradek asir.Zoti Haq oldida minglarça butunArşu koinotlar arzimas, haqir.Endi şunday köngil aldansa nogoh,Ya’ni pişmagan, xom, kuymagan bir dil –Olamning sirridan bölolmay ogoh,Insonga özini topşirsa butkul.Ya’ni kuyib-yonsa olovda butun,Yorining şavqida çeksa oh, azob.Haq uni Öziga yöllamoq uçunUl yorning qölidan bergay iztirob.Ya’ni Asliy Yorin etib faromuş,Gözallar husniga bölsa mubtalo,Fitna dengizlari urub tölqin, jöş,Ma’şuqlardan kelgay bemisl balo.Köngil bu ofatga bera olmay doş,Yarador quş kabi har taraf uçgay.Oqibat, uçişga topolmay bardoş,Hikmati Ilohiy sahniga tuşgay.Boşin egib, uzoq yiğlab jununvor,Haqning huzuriga sudralib kelgay.Ğaflat-la bölgani uçun şarmisor,Qon-qon qaqşab, Haqqa tavbalar qilgay.Ey köngil! Ey ğamgin, ey mahzun xilqat,Neçun ğaflatingni anglamaysan heç?!Yod etsang, Xudoni yod etgil faqat,Dunyo jilvasidan, zulmatidan keç!Neçun taslim bölib vafosizlarga,Neçun zolimlardan tortasan jafo?!Yuzlanma heç qaçon hayosizlarga,Qilmaysanmi, axir, Xudodan hayo?!Ey köngil! Aylama yölga xiyonat,Ahli dunyolarga bölma mahliyo.Istasang, aql bovar qilmas inoyat,Xudodan boşqaga boğlanma aslo!Akrom MALIK

3 260marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.