Til

Iymon

Özim komil bölsam, özim pok bölsam,

Özim komil bölsam, özim pok bölsam,Sening tarbiyangga bormi hojatim?!Qaçon majruh bölsam, köksi çok bölsam,Huzuringga keldim, bölgil najotim.Agar tuzatsaydim özimni sensiz,Senga solarmidim öligimni, jon?!Töğri aytolsaydim sözimni sensiz,Poyingga tuşmasdi boşim heç qaçon.Neçun endi mendan etasan nafrat,Neçun ögirasan bemoringdan yuz?Xastalarga senda yöqmidi şafqat,Xazon soçarmidi bahoringda kuz?!Mayli, holimizdan mutanaffir böl,Mayli, yuzimizga rad eşigin yop.Aminmiz – Xudovand aylagay qabul,Dargohiga keldik qaro yuz, xarob.Akrom MALIK

3 280marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.