Hayot
Ey közim gavhari, mehrim mehvari,
Ey közim gavhari, mehrim mehvari,Ey sözi şirinim, közi şirinim!Eson-omon ötsin umr safari,Yöllarda yiqilma aslo turtinib!Hamişa porlasin baxting quyoşi,Heç qaçon botmasin qalbing ğamlarga.Yaşa şavq-u zavqdan har lahza toşib,Asir tuşma aslo dardli damlarga!Faqat unutmagin, qaroğim, jonim,Haqiqatni suymas zolim şohmasman!Köklarga yetsa-da ötli fiğonim,Insonga qazilgan qaro çohmasman.Quldirman, yolğondan bezgan, şunçaki,Çin sözga yukingan haqparastdirman.Izhorlar tutmagil menga qalbaki,Yolğonga çidolmas xorman, xasdirman.Mayli, nimanidir berkitasan jim,Qandaydir sirlarni qilmassan ifşo.Har kim öz tiliga özidir hokim,Sening sirlaringga daxlim yöq aslo!Faqat rost gapirgin, aldama zinhor,Şirin yolğonlardan zahar içirma.Mayli, köçki kelib, bosib qolsin qor,Ammo haqiqatning izin öçirma!Aldasang, olamga öt ketgay, işon,Jahannamdan çoşni – yolğon otaşi.Kizbga tuşmasin işing heç qaçon,Aldov söz aytmagil hatto adaşib!Bir kun hikmat nuri qalbingga tölib,Haqning tajalliysin topsang mabodo,Barçasi rost sözning hosili bölib,Çin sözdan najotga erişgay dunyo.Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.