Hikmat
Inson özi katta jangmaydon,
Inson özi katta jangmaydon,Jang boradi nafs-la beayov.Bu uruşda yurak tökar qon,Kötarilar galma-gal yalov.Goho nafsning zafar sadosi,Köngil sassiz, mağlub, şikasta.Hayvoniylik har neni bosib,Vujudingni zabt etar asta.Inson qolib ğaflat çohida,Şayton sakrab raqs etar şodon.Köngil ingrab qöyar gohida,Azob unga naqş etar isyon.Til uzaygay çayon nişidek,Haqorat-u ğiybatlar soçar.Nafsqullar komil kişidekFatvo izlab kitoblar oçar.Qayerdadir zolim, qotillarDiyorlarni qilgay vayrona.Lekin bunda zaharli tillarKöngillarni buzgay begona.Kimdir buzgay uyni, şaharni,Kimdir dilni etgay xaroba.Har tong qarşi olib saharni,Nafsingga, ey, tutmay arobaBir dam ayla fikr-u tafakkur:Yurtni buzmoq jinoyat mudhiş.Kutib turgay sud, qora kursi,Balki undan mumkindir qoçiş.Lek körsatib hiqd-u adovat,Köngillarni buzgan kimki bor –Heç şubhasiz hukm-u adolatQilgay Özi Haq Parvardigor.Xudo şoşmas bermoqqa jazo,Hikmatidir vaqt-u vosita;Agar banda bölsa sazovorTavba qilib olgay, albatta.Ammo qilmas nafsiga jihod,Ammo qalbni kaşf etmagay ulBanda botib botqoqqa, hayhot,Öz böyniga özi osgay ğul.Keyin unga sobitdir hukm,Qoçmoq uçun topolmas panoh.Köngillarni buzgan bölsa kim,Endi özi tortgay aççiq oh.Endi yopiq rahmat eşigi,Faqat azob, azob-u azob.Tebranadi dözax beşigi,Taning kuygay bamisli kabob.Şul sababdan, ey kattataroş,Esing borki, etagingni yop –Mazlumlarga bugun egib boş,Afv söra – ketsin iztirob.Ey odamzod, közlaringni oç,Bir-biringni keçir, ma’zur tut.Bir-biringni qilmay yalanğoç,Ayblaringga parda yop, unut.Bir-biringga saqlamasang kin,Bir-biringga bölmasang aduv,Şoyad, diling topsa-yu taskin,Taşna ruhga yetsa farah – suv.Bir-biringni keçirsang mutlaq,Öz nafsingni etmasang ustun,Şoyad, tutib mağfiratin Haq,Isyonlaring afv bölsa butun.Akrom MALIKКирилл ҳарфларида ўқинг!
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.