Iymon
Zikr qilsang Haqni, qilsang tilovat,
Zikr qilsang Haqni, qilsang tilovat,Ajib onlar seni qurşagay, quçgay.Qalbingga yoğilgay uns-u halovat,Ruhing samolarda baxtiyor uçgay.Yaqinlay olmagay na jin-u, şayton,Yomonlik qilmoqqa yetmas jur’ati.Toki hamrohingdir namoz-u Qur’on,Iblisning kelmoqqa bölmas toqati.Ammo odamlarning bir toifasiIblisning şogirdi – Iblisdan ötgan.Manzil-maskanidir gunoh qafasi,Qöllarida hiyla törlarin tutgan.Qoşingga döst kabi kelgay muloyim,Ilondek tovlanib, eşilgay, kulgay.Qalbingda ixlosing yaşnagan doim,Uning niholini bittalab yulgay.Senga hamdard kabi körsatib özni,Içingga şubhadan zaharlar tökar.Saralab yaltiroq turfa xil sözni,Dilingni çok etib, teskari tikar.Eng avval uqtirar baxtsizsan deya,Baxting qaro degay, beçora degay.Yoningda göyoki ğamingni yeya,Aslida, bildirmay boşingni yegay.Har dam ogoh bölgil har bir damingdan,Ötkazma onlarni Haqning zikrisiz.Gar xalos istasang butkul ğamingdan,Yaşa şaytonlarning maraz fikrisiz.Akrom MALIKКирилл ҳарфларида ўқинг!
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.