Iymon
Pajmurda bandangman, mehribon Tangrim,
Pajmurda bandangman, mehribon Tangrim,Sendan bölak heç zot panohim emas.Zikringsiz qolgayman adaşib, gangib,Yodingsiz qalbimga halovat kelmas.Sevgingni ato et, ayla oşiğing,Qaysi işni sevsang, etgaysan mahbub.Ruhimning ismidir faryod-u yiği,Kimni sevsang, uni qil menga matlub!Toki işqing ila tölib-toşmaganUmrimda qolmasin bir qariç yer ham.Dunyo zindonidan Senga qoçmaganQulning borliğidir abadiy alam!Bir kun hayotimning poyoni bordir,Köz yumib oçgunça köz ham yumilgay.Bugun azob içra bu tani zordir,Ertaga qop-qora yerga kömilgay.Xudoyim, Sen tomon yölga çiqqandaTegramni töldirgil döstlaring bilan.Ruhim bu dunyodan köçin yiqqandaQanday boray kam-u köstlarim bilan?!Şoyadki, pokiza zotlar hurmatiAfv pardasini yopgaysan, Tangrim!Ketib qörquvlarning aççiq dahşati,Rahmatingdan masnad topgayman, Tangrim!Akrom MALIKКирилл ҳарфларида ўқинг!
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.